https://oz.sputniknews.uz/20231114/yaponiya-kompaniyalari-ozbekistonda-chiqindilarni-qayta-ishlashda-yordam-berishi-mumkin-41003703.html
Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlashda yordam berishi mumkin
Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlashda yordam berishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Yaponiya iqlim o‘zgarishi, suv va havoning ifloslanishi va chiqindilarni boshqarish sohalarida hamkorlik haqida memorandum imzolagan edi. 14.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-11-14T20:52+0500
2023-11-14T20:52+0500
2023-11-15T13:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
aziz abduhakimov
osiyo taraqqiyot banki (otb)
chiqindixona
ekologiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0e/41003804_379:337:2793:1695_1920x0_80_0_0_8b4b4ac963d478d41a4e241fb969f02a.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonga chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlik uchun jalb qilinishi mumkin. Bu haqida bugun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Osiyo taraqqiyot banki Suv va shaharsozlikni rivojlantirish sektori katta direktori Norio Saito bilan uchrashuvda ma’lum bo‘ldi.Shuningdek, Yaponiyadagi chiqindi sohasida yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish, sohada Osiyo taraqqiyot banki tomonidan investitsiyalarni olib kirish, grantlar ajratilishi hamda vazirlik va quyi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish borasida o‘zaro hamkorlik qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 23-dekabrda Yaponiya Ekologiya vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan. Memorandumga ko‘ra, tomonlar iqlim o‘zgarishi, suv va havoning ifloslanishi, chiqindilarni boshqarish sohalarida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi belgilangan edi.Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan Markaziy hamda G‘arbiy Osiyo hududlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning 17 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelmoqda. 2023-yilda O‘zbekistonga jami 3,5 milliard dollarga yaqin miqdorda 25 ta loyiha imzolangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0e/41003804_321:268:2695:2048_1920x0_80_0_0_802d680f09be50d905e667e43418aa7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, aziz abduhakimov, osiyo taraqqiyot banki (otb), chiqindixona, ekologiya
jamiyat, o‘zbekiston, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, aziz abduhakimov, osiyo taraqqiyot banki (otb), chiqindixona, ekologiya
Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlashda yordam berishi mumkin
20:52 14.11.2023 (yangilandi: 13:26 15.11.2023) O‘zbekiston va Yaponiya iqlim o‘zgarishi, suv va havoning ifloslanishi va chiqindilarni boshqarish sohalarida hamkorlik haqida memorandum imzolagan edi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonga chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlik uchun jalb qilinishi mumkin.
Bu haqida bugun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Osiyo taraqqiyot banki Suv va shaharsozlikni rivojlantirish sektori katta direktori Norio Saito bilan uchrashuvda ma’lum bo‘ldi.
"Uchrashuv davomida shaharlarni kompleks rivojlantirish, ekologiya sohasidagi xodimlar malakasini oshirish, Yaponiyadagi chiqindini qayta ishlash sohasidagi kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Yaponiyadagi chiqindi sohasida yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish, sohada Osiyo taraqqiyot banki tomonidan investitsiyalarni olib kirish, grantlar ajratilishi hamda vazirlik va quyi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish borasida o‘zaro hamkorlik qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 23-dekabrda Yaponiya Ekologiya vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan. Memorandumga ko‘ra, tomonlar iqlim o‘zgarishi, suv va havoning ifloslanishi, chiqindilarni boshqarish sohalarida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi belgilangan edi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan Markaziy hamda G‘arbiy Osiyo hududlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning 17 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelmoqda. 2023-yilda O‘zbekistonga jami 3,5 milliard dollarga yaqin miqdorda 25 ta loyiha imzolangan.