https://oz.sputniknews.uz/20231127/shht-briks-muqobil-tolov-tizim-lavrov-41272393.html
ShHT va BRIKSda muqobil to‘lov tizimi tezkorlik bilan joriy etilmoqda — Lavrov
ShHT va BRIKSda muqobil to‘lov tizimi tezkorlik bilan joriy etilmoqda — Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: ShHT va BRIKSda muqobil to‘lov tizimi tezkorlik bilan joriy etilmoqda.
2023-11-27T17:24+0500
2023-11-27T17:24+0500
2023-11-27T18:46+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
briks (brics)
to‘lov
sergey lavrov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41275145_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_e55b9a216f6c7153166b3c1f14fd8fc5.jpg
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) va BRIKSda muqobil to‘lov tizimlarini joriy etish juda tez rivojlanmoqda, dollarga qaramlikdan voz kechish kuzatilmoqda. Bu haqida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Primakov o‘qishlari" forumida nutq so‘zladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘lovlar uchun dollar o‘rniga milliy valyutalardan foydalanishga tezkor o‘tish BRIKS va ShHT a’zolari orasida kuzatilmoqda, bu yerda muqobil to‘lov tizimlari jadal joriy etilmoqda.Uning qo‘shimcha qilishicha, Hindiston va Xitoy o‘z manfaatlari haqida qayg‘uradi va ehtimol mavjud tizimdan to‘satdan chiqib ketish ularning iqtisodlariga zarar yetkazishini tushunadi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHTda umumiy to‘lov platformalari bo‘yicha maslahatlashuvlar davom etmoqda, biroq aniq ko‘rsatmalarga erishilmagan.2024 yilda Rossiya Federatsiyasining BRIKSga raisligi davrida BRIKSga a’zo davlatlar moliya vazirliklari va markaziy banklari rahbarlarining muqobil to‘lov platformalari bo‘yicha tavsiyalarini “ba’zi qarorlar qabul qilishni hisobga olgan holda” ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRICS (BRIKS) davlatlari tomonidan yangi xalqaro rezerv valyuta yaratish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qilgandi.Ma’lumot uchun, BRICS (BRIKS) Rossiya tashabbusi bilan 2006-yilning sentabr oyida tashkil qilingan. Uning tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20230201/aqsh-dollarning-qulashiga-tayyorgarlik-kormoqda-31901382.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41275145_131:0:2862:2048_1920x0_80_0_0_97254139858bfaf967cf18bb6004230b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sergey lavrov shht briks muqobil to‘lov tizimi
sergey lavrov shht briks muqobil to‘lov tizimi
ShHT va BRIKSda muqobil to‘lov tizimi tezkorlik bilan joriy etilmoqda — Lavrov
17:24 27.11.2023 (yangilandi: 18:46 27.11.2023) Lavrov: ShHT va BRIKSda muqobil to‘lov tizimi tezkorlik bilan joriy etilmoqda.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) va BRIKSda muqobil to‘lov tizimlarini joriy etish juda tez rivojlanmoqda, dollarga qaramlikdan voz kechish kuzatilmoqda. Bu haqida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Primakov o‘qishlari" forumida nutq so‘zladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘lovlar uchun dollar o‘rniga milliy valyutalardan foydalanishga tezkor o‘tish BRIKS va ShHT a’zolari orasida kuzatilmoqda, bu yerda muqobil to‘lov tizimlari jadal joriy etilmoqda.
"Biz bu mavzuni BRIKS doirasida, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida muhokama qilmoqdamiz. Muqobil to‘lov platformalari faol joriy etilmoqda, milliy valyutalarga o‘tish juda tez rivojlanmoqda", —dedi Lavrov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Hindiston va Xitoy o‘z manfaatlari haqida qayg‘uradi va ehtimol mavjud tizimdan to‘satdan chiqib ketish ularning iqtisodlariga zarar yetkazishini tushunadi.
"Ammo G‘arb qurayotgan dollarga, to‘lov tizimlariga va ta’minot zanjirlariga qaramlikdan asta-sekin voz kechish kuzatilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHTda umumiy to‘lov platformalari bo‘yicha maslahatlashuvlar davom etmoqda, biroq aniq ko‘rsatmalarga erishilmagan.
2024 yilda Rossiya Federatsiyasining BRIKSga raisligi davrida BRIKSga a’zo davlatlar moliya vazirliklari va markaziy banklari rahbarlarining muqobil to‘lov platformalari bo‘yicha tavsiyalarini “ba’zi qarorlar qabul qilishni hisobga olgan holda” ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRICS (BRIKS) davlatlari tomonidan yangi xalqaro rezerv valyuta yaratish ustida ish olib borilayotganini
ma’lum qilgandi.Ma’lumot uchun, BRICS (BRIKS) Rossiya tashabbusi bilan 2006-yilning sentabr oyida tashkil qilingan. Uning tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kiradi.