Kolumnistlar

AQSH dollarning qulashiga tayyorgarlik koʻrmoqda

© AFP 2023 / KAREN BLEIERDvadtsatidollarovaya banknota Soyedinennыx Shtatov, sovmeщennaya s severnoy storonoy Belogo doma v Vashingtone
Dvadtsatidollarovaya banknota Soyedinennыx Shtatov, sovmeщennaya s severnoy storonoy Belogo doma v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQShning harbiy agressiya va interventsiyalardan voz kechsa - dollar qulaydi va bu Amerikani darhol inqirozga olib keladi.
TOSHKENT, 1 fev - Sputnik. Kiyevga Amerika tanklarini yetkazib berish kerakmi-yoʻqmi va agar shunday boʻlsa, qancha tank kerak kabi savollar orasida kunning eng dolzarb mavzusi qandaydir koʻrinmay qoldi. Darvoqe, Qoʻshma Shtatlar Ukrainada nimani unutdi? Rostdan oʻzi ularga Ukrainadan nima kerak?
Gap oʻzini "yosh demokratiya" deb koʻrsatayotgan KVNchilarda (Zelenskiy) emasligi aniq. Bu yerda gap resurslar haqida ketmoqda. Ammo bu qanday resurs?
Ha, Amerika korporatsiyalari Ukrainaning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarining katta qismini sotib olishdi va bular haqiqatan ham yaxshi, unumdor tuproqlar. Ha, Amerika sanoati uchun strategik xomashyo boʻlgan Ukraina titaniga qiziqish bor.
Vashington uchun alohida foyda shundaki, hozirda bir xalq vakillari bir-biri bilan birinchi marotaba rus yerlarida jang qilmoqdalar. Bu yerda geosiyosiy foyda aniq.
Biroq, Vashington haqiqatan ham oʻz aholisini xavf ostiga qoʻyib, shunday kichik shaxsiy daromadlar uchun dunyoni jahon urushi xavfi ostiga qoʻyishga tayyormi? Ukraina mojarosining avj olishi Gʻarb iqtisodini parcha-parcha qilib, Oq uy va uning vassallari oʻrtasida ixtilof qoʻzgʻatayotgani haqida gapirmasa ham boʻladi.
Amerikaning taniqli iqtisodchisi Pol Kreyg Roberts nega Shtatlar Ukrainaga bunchalik yopishib olganini qiziqarli izohlab berdi.
Maqola nomi “Vashington qudrati dollar bilan birga zaiflashadi” deyiladi. Unda Roberts Saudiya Arabistonining neft uchun toʻlov sifatida nafaqat AQSH dollarini, balki boshqa valyutalarni ham qabul qilish haqidagi yaqinda qabul qilgan qaroriga jamoatchilik eʼtiborini qaratadi. Aytgancha, Amerika OAVlari bu xabarni eʼtiborsiz qoldirgani qiziq.
Robertsning fikricha, bu voqea AQSH maʼmuriyati yarim asr oldin yaratgan neft-dollar tizimining tugashini anglatadi.

Oʻshanda hammasi jasur general de Goll Frantsiya banklarida toʻplanib qolgan 1,5 mlrd dollar evaziga, oʻsha vaqtdagi rasmiy kursga muvofiq, AQShdan 16,5 ming tonna oltin berishni talab qilgan edi. Bu AQSH moliyaviy ustuni uchun kuchli zarba boʻldi. Keyinroq albatta de Golldan qasos olishdi - 1968 yilning may hodisalari, lekin oʻshanda AQSH oltin bilan xayrlashishga majbur boʻldi.

Va ular kelajakda bunday yashab boʻlmasligiga amin boʻlishdi. Bu ketishda dunyoning barcha davlatlari oltin talab qila boshlaydi. Shu sababli ham 1971 yilda prezident Nikson oltin standartni bekor qildi va AQSH moliya vaziri Jon Konolli oʻsha paytda frantsuz hamkasbiga aytganidek, "Bundan buyon AQSH dollari bizning valyutamiz va sizning muammoingizdir".
Buning evaziga Nikson saudiyaliklar bilan neftni faqat AQSH valyutasiga sotishga kelishib oldi. AQSH dollarini Yer sayyorasida eng koʻp talab qilinadigan uglevodorodlar qoʻllab-quvvatladi. Bu unga kelgusi yillar uchun asosiy jahon valyutasi maqomini taqdim etdi. Endi boʻlsa oʻsha davr tugayapti. Dollar muammo sifatida dunyoning barcha mamlakatlarida allaqachon tan olingan.
Ilgari har kimga neft sotib olish va oʻz jamgʻarmalarini inflyatsiyadan saqlab qolish uchun dollar kerak edi. Endi vaziyat oʻzgarmoqda. Xitoy va Rossiya neft uchun toʻlovlarni rubl va yuanga aylantirmoqda. Hindiston Rossiyadan neftni rupiyga sotib olish haqida oʻylagan. Saudiya demarshi ham xuddi shu borada.
Dollar yoki Amerika qimmatli qogʻozlaridagi jamgʻarmalarga kelsak, yigirma yil oldin koʻp mamlakatlarda shubha bor edi. 11 sentyabrdagi AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy agressiyasiga sabab boʻlgan sirli terrorchilik harakatidan soʻng xuddi oʻsha Fors koʻrfazi monarxiyalari oʻzlarining kutilmagan neft daromadlarini nafaqat dollarda, balki oʻz choʻllariga ham faol sarmoya qila boshladilar. Goʻyo “Ming bir kecha” ertaklarida oʻta zamonaviy shaharlar oʻsa boshladi, dunyodagi eng baland osmonoʻpar binolar qurildi, eng hashamatli favvoralar urildi, tarixdagi eng qimmat jahon chempionatlari oʻtkazildi.
2007-2009 yillardagi Buyuk turgʻunlikdan soʻng dollar tizimi yana oʻzgarib ketdi. Xitoy AQSH qarziga sarmoya kiritish intensivligini pasaytira boshladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan iqtisodiy simbiozga qaramay, ular mamlakat va ichki bozorni rivojlantirishga koʻproq va koʻproq mablagʻ sarflashni boshladilar. Shuning uchun uy-joy qurilishining ulkan koʻlami, minglab kilometrlik oʻta zamonaviy avtomobil va temir yoʻllar, qimmatbaho Olimpiya oʻyinlari. Bularning barchasi ishlab chiqarishni ichki isteʼmolchiga yoʻnaltirish va iqtisodiyotning ishonchsiz dollarga bogʻliqligini kamaytirish uchun qilindi.
Amerikaning keng hamyonini saqlab qolish uchun pulni yana kimdan olish mumkin? Albatta, Yevropadan, ammo Yevropaning farovonligi birinchi navbatda shafqatsiz koronavirus blokirovkalari, keyin esa Rossiyaga qarshi sanktsiyalar tufayli buzildi. Ehtimol, ular gegemonni qoʻllab-quvvatlashdan va dollarni qoʻllab-quvvatlashdan xursand boʻlishlari mumkin, ammo buning uchun bekorchi mablagʻ yoʻq.
“Energiya narxlarining oshishi va jahon faolligining sekinlashishi Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, jumladan Germaniyaning toʻplangan zahiralarini ham “yeb qoʻydi”, deb taʼkidlaydi Frantsiyaning Atlantiko nashri istehzo bilan. Shunday qilib, amerikaliklar toʻlov balansi taqchilligini moliyalashtirish mumkin boʻlgan uchinchi muhim manbani yoʻqotdilar.
Bugungi kunda tahlilchilar dollar uchun asosiy tahdid sifatida jahon savdosini milliy valyutalarda hisob-kitoblarga oʻtkazish, shuningdek, "amerika valyutasini"ni siqib chiqaradigan yangi zaxira valyutalar yaratilishini tilga olishmoqda.
Ommaviy axborot vositalariga sizdirilgan Rossiya va Eron tomonidan oltin bilan taʼminlangan kriptovalyuta - stablekoin yaratish gʻoyasi juda istiqbolli koʻrinadi. Bu borada Janubiy Amerikaning ikki yirik iqtisodiyoti Braziliya va Argentinaning yagona valyuta sur yaratish tashabbusi qiziq. Braziliya prezidenti Lula ushbu gʻoyani ishlab chiqish va BRIKSga aʼzo davlatlar uchun yagona valyuta yaratishni taklif qildi. Ushbu blok dunyoning eng yirik iqtisodlarini oʻz ichiga olganligini hisobga olsak, bu AQSH dollariga nisbatan haqiqiy raqobat yaratishi mumkin.
Hozircha esa AQSH “dollar uchun ekzistentsial tahdid” deb Xitoy yuani aytilmoqda. Yuanda yaratilgan juda qulay va tezkor elektron toʻlov tizimlari amerikaliklarni ayniqsa xavotirga solmoqda. Bunday toʻlovlar butun dunyodan isteʼmolchilarni oʻziga jalb qilmoqda.
Bu borada Rossiyaning ham katta ustunligi bor – mahalliy raqamli toʻlov tizimlari Amerikanikiga qaraganda ancha qulay va tezroq. Shu munosabat bilan, raqamli rubl kontseptsiyasini va ichki iqtisodiyotning suverenitetiga qanday yordam berishi qiziq.
Oʻz maqolasida dollarning tushishini qoralagan Pol Kreyg Roberts, uning xalqaro hisob-kitoblardagi ulushining pasayishi "AQShda qatʼiy tejamkorlik"ga olib kelishini taʼkidlaydi. Yaʼni qashshoqlik va tanazzulga, narsalarni oʻz nomi bilan ataydigan boʻlsak.
Ukraina masalasiga qaytsak, bugungi kunda Vashington uchun oʻz valyutasini (va u bilan birga iqtisodiyoti va turmush tarzini) mustahkamlashning yagona yoʻli - bu harbiy tajovuz. Ukraina yordamida qoʻzgʻatilgan Yevropadagi betartiblik maʼlum muddat dollarni kapitallar oqib oʻtadigan “xavfsiz boshpana”ga aylantiradi.
Shuning uchun ham AQSH Ukrainani oxirigacha azoblaydi. Bu ularga “tejamkorlik” rejimiga oʻtmaslik uchun kerak. Oʻlgan oq prezidentlar portretlari shunchaki kesilgan qogʻozga aylanib qolmasligi uchun baxtsiz ukrainalik yigitlar frontda oʻlaveradi.
Bu haqida amerikalik Viktoriya Nulandning eri Robert Kagan yozda maʼlum qilgan edi: AQShning harbiy agressiya va interventsiyalardan voz kechishi mamlakatni darhol inqirozga olib keladi.
Shu sababli ham Vashington Ukrainada toʻxtab tura olmaydi. Uning navbatdagi harbiy maqsadi Xitoy boʻladi – “AQSH dollari uchun ekzistentsial xavf”.
Yangiliklar lentasi
0