“Shamol guli” shaharsozlikda asosiy omil bo‘lishi kerak — Erkin Abdulahatov

© Sputnik / Aktan TemirkanovStroitelstvo zdaniy na territorii kompleksa Tashkent-siti.
Stroitelstvo zdaniy na territorii kompleksa Tashkent-siti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2023
Obuna bo‘lish
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov: shamol guli yo‘nalishiga qarab, biz qaysi hududda qaysi paytda ifloslanish ko‘payib yoki kamayib borayotganini bilib olishimiz mumkin.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkentda shamol guli qaysi yo‘nalishda esmoqda? Shahar ifloslanishini oldini olishda shamol guli yo‘nalishining tutgan o‘rni qanday? Shu va boshqa savollarga iqlimshunos-ekspert Erkin Abdulahatov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga javob berdi.
Abdulahatovning aytishicha, so‘nggi 10-yillik davomida yangi qurilayotgan binolar orasida havo aylanmayapti.
“Bizda shaharsozlik qurilishida e’tibor berilmaydigan eng asosiy masala bu shamol guli yoki “roza vetrov”. Kun davomida shamol guli qaysi tomonga esayotganiga qarab biz binolar loyihasini ishlab chiqishimiz kerak. Bunga e’tibor berilmagani oqibatida binolar orasida “sirkulyatsiya” hosil bo‘lmayapti. Shahar aholisi dimiqib qolmoqda”, - dedi iqlimshunos.
Hozir shamol guli yo‘nalishi ko‘proq sharq tomon esmoqda. Bu shaharsozlikda eng asosiy omil hisoblanadi.
“Shamol guli (roza vetrov), odatda, kunduz kuni tekislikdan toqqa qarab, kechqurun tog‘dan tekislikka qarab esadi. Ya’ni, kun kechida Toshkent shahri atrofidagi sanoatlashgan Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren shaharlaridagi zavod, fabrikalar chiqarayotgan havoni ifloslantiruchi moddalar, tinch ob-havo holatida, kechqurun bizga kirib keladi. Statistikada ham Toshkentda aynan kechqurun kunduzga nisbatan reytingda ifloslanishi yuqori bo‘ladi”, - dedi Abdulahatov.
Uning qayd etishicha, hozirgi kunda Toshkentda sovet davriga nisbatan shamol guli keskin o‘zgarib ketgan.
"Bizning qurilish normalarimiz esa hali hamon 70-80 yillarda faqat Toshkent shahri uchun qilingan shamol guli sxemasi asosida amalga oshirilyapti. Toshkent shahri uchun qilingan sxema Angren, Bekobod, hattoki tog‘li stansiyalar uchun ham ishlayapti. Aslida tog‘li stansiyalar uchun shamol gullari butkul boshqacha. Hozir shamol guli yo‘nalishi ko‘proq sharq tomon esayapti. Bu shaharsozlikda eng asosiy omil hisoblanadi. Buni bilmasdan turib, biz shaharda chang masalalarini kamaytrishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlay olmaymiz”, - dedi u.
Shamol guli yo‘nalishiga qarab, biz qaysi hududda qaysi paytda ifloslanish ko‘payib yoki kamayib borayotganini bilib olishimiz mumkin deya ta’kidladi u.

“Misol uchun, Bishkekda mazkur ishlar amalga oshirildi. Bilamizki, ularda gaz yetishmovchiligi sababli isitish uchun ko‘mir yoqilg‘isidan foydalaniladi. Ko‘mir esa o‘zidan juda katta ifloslantiruvchi moddalarni chiqaradi va shahar har yili kuz-qish mavsumida reytingda birinchi, ikkinchi o‘ringa chiqadi. Buning uchun ularning ekologlari, deputatlari kelishib, zavod fabrikalarning ish rejimini o‘zgartirishdi. Kechqurun zavod kamroq ifloslantiruvchi moddalar chiqarsa, havo ifloslanishi keskin kamaygan. Ular shamol guli esishiga qarab zavodda ish tartibini belgilashdi", – dedi iqlimshunos.

Ekspert "biz ham shamol guli kirib kelish monitoringini to‘g‘ri yurita olsak, natijaga erishamiz”, deya xulosa qildi.
Nega O‘zbekiston havo sifati bo‘yicha jahon antireytingiga kiritilmoqda — mutaxassis javobi
Erkin Abdulaxatov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Toshkent havosini yaxshilash yo‘li bormi – iqlimshunos bilan suhbat
Yangiliklar lentasi
0