https://oz.sputniknews.uz/20231116/toshkent-havosi-41039413.html
Toshkent havosini yaxshilash yo‘li bormi – iqlimshunos bilan suhbat
Toshkent havosini yaxshilash yo‘li bormi – iqlimshunos bilan suhbat
Sputnik O‘zbekiston
oshkentda havo ifloslanishining asosiy sabablari hamda ekologik vaziyatni yaxshilash uslublari haqida O‘zbekiston Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, iqlimshunos-ekspert Erkin Abdulahatov Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.Toshkentda havo sifatini monitoring qilish O‘zgidromet tomonidan o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. U vaqtlarda asosan PM 100 dan kattaroq bo‘lgan chang, ko‘zga ko‘rinadigan zarrachalar monitoring qilingan. Respublikaning 25 ta shahrida 65 ta mana shunday postlar mavjud va bu hozir ham davom etmoqda.
2023-11-16T14:34+0500
2023-11-16T14:34+0500
2023-11-17T09:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
ob-havo
iqlim o‘zgarishi
ekologiya
o‘zgidromet
chang bo‘roni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/10/41044710_638:278:1210:600_1920x0_80_0_0_f76c5bee4bd6babe258524bf3f7e5ee2.png
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Toshkentda havo ifloslanishining asosiy sabablari hamda ekologik vaziyatni yaxshilash uslublari haqida O‘zbekiston Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, iqlimshunos-ekspert Erkin Abdulahatov Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.Havo iflosligi bo‘yicha Toshkent 20-25 o‘rinlardaToshkentda havo sifatini monitoring qilish O‘zgidromet tomonidan o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. U vaqtlarda asosan PM 100 dan kattaroq bo‘lgan chang, ko‘zga ko‘rinadigan zarrachalar monitoring qilingan. Respublikaning 25 ta shahrida 65 ta mana shunday postlar mavjud va bu hozir ham davom etmoqda.Bugungi kunda O‘zgidromet asta-sekin yangi asbob-uskunalar sotib olib, havo sifatini zamonaviy standartlar asosida o‘lchay boshladi. Ayni damda bunda asboblar Toshkentning 2 ta nuqtasida ishlamoqda, Respublika bo‘ylab yana 8 ta shaharda datchiklar o‘rnatilmoqda.Butun dunyoda havo iflosligi uning tarkibidagi mayda zarrachalar PM 2.5 PM 10 miqdori bilan belgilanadi. Soch tolasida 40 baravar kichik bo‘lgan ushbu zarrachalar maxsus asboblar yordamida o‘lchanadi va ma’lumotlar onlayn ravishda "Air quality index" platformasi uzatiladi. Bu platforma 110 taga yaqin shaharlarning reytingini yuritadi. Aytish joizki, dunyoda havo iflosligi o‘lchanmaydigan va ushbu reytingga kiritilmagan yirik shaharlar ham talaygina.Xalqaro platformada 5 ta rang bor. Bular: yashil – xavfsiz, sariq – kam sezilarli, to‘q sariq – o‘rtacha sezilarli, qizil – kuchli sezilarli, binafsha – o‘ta xavfli. 2021-yil 4-7 noyabrda Toshkentda binafsha rang kuzatilgan. Reytingda 3 sutka davomida birinchi o‘rinda bo‘lganmiz.Toshkent “issiqlik oroliga” aylanmoqdaBilamiz, bahorda ko‘p yomg‘ir yog‘adi, yerlar doim nam bo‘ladi, asfalt qizimaydi. Shuni hisobiga bahor va yoz oylari boshlarida Toshkent shahri bir muddat eng toza hudud maqomini oladi. Yoz o‘rtalarigacha havo isiydi.Oqibatda havoning yuqori issiqligi, asfalt qoplamalariga, yashillik bilan himoyalanmagan tuproq qatlamlariga singib, undagi namgarchilik darajasi yanada kamaytirib yuboradi. So‘nggi vaqtlarda ushbu hodisani ifodalovchi Toshkent “issiqlik oroli” degan tushuncha ham paydo bo‘lgan.Xullas, yuqori issiqlik oqibatida tuproqdan mayda chang zarrachalari havoga ko‘tariladi. Bu jarayon yoz-kuz oylarida so‘nggi 3-4 yillikda odatiy bo‘lib qoldi. Yomg‘irsiz mavsumlarda shahar havosida mayda disper zarrachalar miqdori keskin ortmoqda. Ba’zan shamol bo‘lmagan holatda ham biz “reytingda” 5,6-o‘rinlarga chiqib olyapmiz.Prognozlarga ko‘ra, endilikda harorat yuqorilab boraveradi, shahar kengayaveradi, natijada chang zarrachalari ortishiga guvoh bo‘lamiz. Agar biz yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida o‘z ishlarimizni rejalashtirsak, mazkur jarayonlarni ancha kamaytirishimiz mumkin.Iqlim o‘zgarishi Toshkent atrofidagi hududlar, xususan Qozog‘iston janubidagi cho‘llarga ham ta’sir qilmoqda. U yerda sug‘oriladigan maydonlar ishdan chiqishi oqibatida shamol cho‘ldagi mayda chang zarrachalarini hududimizga olib kelmoqda.Daraxtlar yomg‘irdan ko‘karmaydiOldingi yillarda daraxt ekilgan va u o‘zidan o‘zi ko‘karib ketavergan. Biz bu yomg‘ir ko‘p yoqqanidan deb, o‘ylaganmiz. Lekin hozir yomg‘ir ko‘proq yog‘apti. Masalan, Toshkentda o‘tgan asrning 60-80-yillarida yillik yog‘ingarchilik 350 mm atrofida bo‘lgan, xozir bu 444 mm. Oldinlari respublikaning katta qismida daraxt ekilganidan so‘ng birinchi yil suv berilgan, ikkinchi yildan suv berish shart bo‘lmagan. Daraxtlar ildizi yerosti suvlariga ulanib ketgan. Afsuski, hozir daraxt ekilsa, kamida 5-yil davomida uni sug‘ormasangiz, qurib qoladi. Daraxtlarni yo‘qotishimiz yerosti suvlarini tubga tomon qochirdi.Katta katta daraxtlar kesib tashlandi, filtr vazifasini bajaradigan hech narsa qolmadi. Tuproq unumdor qatlami shunchaki yo‘qotilyapti. Buni esa qayta tiklashni iloji yo‘q.Daraxtni sug‘orishda endi o‘tmishdagi usullardan foydalanmasligimiz kerak. U davrlardagidek iqlimni, suvni o‘zi yo‘q bizda. Hozir biz zamonaviy sug‘orish texnologiyalaridan foydalanishimiz kerak, ekilgan daraxtlarni uzoq vaqt davomida parvarish qilish kerak. Yana bir masala, shahar atrofidagi, umuman mintaqadagi yerlarning cho‘llashishiga, tuproqlar degradatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.Shamol guli — shaharsozlikda asosiy omil bo‘lishi kerakBizda shaharsozlik qurilishida e’tibor berilmaydigan eng asosiy masala bu shamol guli yoki “roza vetrov”. Kun davomida shamol guli qaysi tomonga esayotganiga qarab biz binolar loyihasini ishlab chiqishimiz kerak. Bunga e’tibor berilmagani oqibatida binolar orasida “sirkulyatsiya” hosil bo‘lmayapti. Shahar aholisi dimiqib qolmoqda.Shamol guli (roza vetrov), odatda, kunduz kuni tekislikdan toqqa qarab, kechqurun tog‘dan tekislikka qarab esadi. Ya’ni, kun kechida Toshkent shahri atrofidagi sanoatlashgan Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren shaharlaridagi zavod, fabrikalar chiqarayotgan havoni ifloslantiruchi moddalar, tinch ob-havo holatida, kechqurun bizga kirib keladi. Statistikada ham Toshkentda aynan kechqurun kunduzga nisbatan reytingda ifloslanishi yuqori bo‘ladi.Hozirgi kunda Toshkentda sovet davriga nisbatan shamol guli keskin o‘zgarib ketgan. Bizning qurilish normalarimiz esa hali hamon 70-80 yillarda faqat Toshkent shahri uchun qilingan shamol guli sxemasi asosida amalga oshirilyapti. Toshkent shahri uchun qilingan sxema Angren, Bekobod, hattoki tog‘li stansiyalar uchun ham ishlayapti. Aslida tog‘li stansiyalar uchun shamol gullari butkul boshqacha.Shamol guli yo‘nalishiga qarab, biz qaysi hududda qaysi paytda ifloslanish ko‘payib yoki kamayib borayotganini bilib olishimiz mumkin.Misol uchun, Bishkekda mazkur ishlar amalga oshirildi. Bilamizki, ularda gaz yetishmovchiligi sababli isitish uchun ko‘mir yoqilg‘isidan foydalaniladi. Ko‘mir esa o‘zidan juda katta ifloslantiruvchi moddalarni chiqaradi va shahar har yili kuz-qish mavsumida reytingda birinchi, ikkinchi o‘ringa chiqadi.Buning uchun ularning ekologlari, deputatlari kelishib, zavod fabrikalarning ish rejimini o‘zgartirishdi. Kechqurun zavod kamroq ifloslantiruvchi moddalar chiqarsa, havo ifloslanishi keskin kamaygan. Ular shamol guli esishiga qarab zavodda ish tartibini belgilashdi.Biz ham shamol guli kirib kelish monitoringini to‘g‘ri yurita olsak, natijaga erishamiz.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/10/41044710_490:219:1321:842_1920x0_80_0_0_ac1858137f3623ad1190653b03ecc45c.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent havo bo‘ron chang sabab ma’lumot o‘zgidromet erkin abdulahatov
toshkent havo bo‘ron chang sabab ma’lumot o‘zgidromet erkin abdulahatov
Toshkent havosini yaxshilash yo‘li bormi – iqlimshunos bilan suhbat
14:34 16.11.2023 (yangilandi: 09:22 17.11.2023) Eksklyuziv
Toshkentda zudlik bilan yashillik darajasini oshirish hamda binolarni “shamol guli”ga qarab joylashtirish kerak, deydi iqlimshunos Erkin Abdulaxatov.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Toshkentda havo ifloslanishining asosiy sabablari hamda ekologik vaziyatni yaxshilash uslublari haqida O‘zbekiston Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, iqlimshunos-ekspert Erkin Abdulahatov
Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.
Havo iflosligi bo‘yicha Toshkent 20-25 o‘rinlarda
Toshkentda havo sifatini monitoring qilish O‘zgidromet tomonidan o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. U vaqtlarda asosan PM 100 dan kattaroq bo‘lgan chang, ko‘zga ko‘rinadigan zarrachalar monitoring qilingan. Respublikaning 25 ta shahrida 65 ta mana shunday postlar mavjud va bu hozir ham davom etmoqda.
Bugungi kunda O‘zgidromet asta-sekin yangi asbob-uskunalar sotib olib, havo sifatini zamonaviy standartlar asosida o‘lchay boshladi. Ayni damda bunda asboblar Toshkentning 2 ta nuqtasida ishlamoqda, Respublika bo‘ylab yana 8 ta shaharda datchiklar o‘rnatilmoqda.
Butun dunyoda havo iflosligi uning tarkibidagi mayda zarrachalar PM 2.5 PM 10 miqdori bilan belgilanadi. Soch tolasida 40 baravar kichik bo‘lgan ushbu zarrachalar maxsus asboblar yordamida o‘lchanadi va ma’lumotlar onlayn ravishda "Air quality index" platformasi uzatiladi. Bu platforma 110 taga yaqin shaharlarning reytingini yuritadi. Aytish joizki, dunyoda havo iflosligi o‘lchanmaydigan va ushbu reytingga kiritilmagan yirik shaharlar ham talaygina.
Toshkent havo iflosligi bo‘yicha kamdan-kam holatlarda top-20 talikka kiradi. Kuz va qishda tez-tez, beshinchi, oltinchi va hatto birinchi o‘rinlarga chiqib oladi, lekin bu qisqa davrga xos ko‘rsatkich. Yil davomida biz 110 ta shahar orasida o‘rtacha 25-o‘rindamiz. Oxirgi 7-yillik kuzatuvlarga ko‘ra, Toshkent 20, 25 va 18-o‘rinlar oralig‘ida tebranib turibdi.
Xalqaro platformada 5 ta rang bor. Bular: yashil – xavfsiz, sariq – kam sezilarli, to‘q sariq – o‘rtacha sezilarli, qizil – kuchli sezilarli, binafsha – o‘ta xavfli. 2021-yil 4-7 noyabrda Toshkentda binafsha rang kuzatilgan. Reytingda 3 sutka davomida birinchi o‘rinda bo‘lganmiz.
Toshkent “issiqlik oroliga” aylanmoqda
Bilamiz, bahorda ko‘p yomg‘ir yog‘adi, yerlar doim nam bo‘ladi, asfalt qizimaydi. Shuni hisobiga bahor va yoz oylari boshlarida Toshkent shahri bir muddat eng toza hudud maqomini oladi. Yoz o‘rtalarigacha havo isiydi.
Undan tashqari, poytaxtda yashillik darajasi ham keskin kamayib ketgan. Bundan 15-yil ilgari shahar 20-30 foizgacha yashillilik bilan qoplangan bo‘lsa, hozir ushbu ko‘rsatkich 10-18 foizga tushib qolgan. Daraxttlar, bog‘lar va ko‘klamzorlar o‘rniga shahar binolar, yo‘llar, asfalt va beton bilan qoplangan, shaharsozlik va qurilishlar ham faol olib borilmoqda.
Oqibatda havoning yuqori issiqligi, asfalt qoplamalariga, yashillik bilan himoyalanmagan tuproq qatlamlariga singib, undagi namgarchilik darajasi yanada kamaytirib yuboradi. So‘nggi vaqtlarda ushbu hodisani ifodalovchi Toshkent “issiqlik oroli” degan tushuncha ham paydo bo‘lgan.
Xullas, yuqori issiqlik oqibatida tuproqdan mayda chang zarrachalari havoga ko‘tariladi. Bu jarayon yoz-kuz oylarida so‘nggi 3-4 yillikda odatiy bo‘lib qoldi. Yomg‘irsiz mavsumlarda shahar havosida mayda disper zarrachalar miqdori keskin ortmoqda. Ba’zan shamol bo‘lmagan holatda ham biz “reytingda” 5,6-o‘rinlarga chiqib olyapmiz.
Prognozlarga ko‘ra, endilikda harorat yuqorilab boraveradi, shahar kengayaveradi, natijada chang zarrachalari ortishiga guvoh bo‘lamiz. Agar biz yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida o‘z ishlarimizni rejalashtirsak, mazkur jarayonlarni ancha kamaytirishimiz mumkin.
Iqlim o‘zgarishi Toshkent atrofidagi hududlar, xususan Qozog‘iston janubidagi cho‘llarga ham ta’sir qilmoqda. U yerda sug‘oriladigan maydonlar ishdan chiqishi oqibatida shamol cho‘ldagi mayda chang zarrachalarini hududimizga olib kelmoqda.
Daraxtlar yomg‘irdan ko‘karmaydi
Oldingi yillarda daraxt ekilgan va u o‘zidan o‘zi ko‘karib ketavergan. Biz bu yomg‘ir ko‘p yoqqanidan deb, o‘ylaganmiz. Lekin hozir yomg‘ir ko‘proq yog‘apti. Masalan, Toshkentda o‘tgan asrning 60-80-yillarida yillik yog‘ingarchilik 350 mm atrofida bo‘lgan, xozir bu 444 mm. Oldinlari respublikaning katta qismida daraxt ekilganidan so‘ng birinchi yil suv berilgan, ikkinchi yildan suv berish shart bo‘lmagan. Daraxtlar ildizi yerosti suvlariga ulanib ketgan. Afsuski, hozir daraxt ekilsa, kamida 5-yil davomida uni sug‘ormasangiz, qurib qoladi. Daraxtlarni yo‘qotishimiz yerosti suvlarini tubga tomon qochirdi.
Katta katta daraxtlar kesib tashlandi, filtr vazifasini bajaradigan hech narsa qolmadi. Tuproq unumdor qatlami shunchaki yo‘qotilyapti. Buni esa qayta tiklashni iloji yo‘q.
Poytaxtda biz tezroq yashillilikni ko‘paytirishimiz kerak. Qisqa vaqt oralig‘ida buni 25-30 foizga chiqarishimiz kerak. Yashillilik asosiy yechim sifatida qaralyapti. Nafaqat Toshkent, balki uning atrofidagi hududlarda bularni amalga oshirishimiz kerak.
Daraxtni sug‘orishda endi o‘tmishdagi usullardan foydalanmasligimiz kerak. U davrlardagidek iqlimni, suvni o‘zi yo‘q bizda. Hozir biz zamonaviy sug‘orish texnologiyalaridan foydalanishimiz kerak, ekilgan daraxtlarni uzoq vaqt davomida parvarish qilish kerak. Yana bir masala, shahar atrofidagi, umuman mintaqadagi yerlarning cho‘llashishiga, tuproqlar degradatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Shamol guli — shaharsozlikda asosiy omil bo‘lishi kerak
Bizda shaharsozlik qurilishida e’tibor berilmaydigan eng asosiy masala bu shamol guli yoki “roza vetrov”. Kun davomida shamol guli qaysi tomonga esayotganiga qarab biz binolar loyihasini ishlab chiqishimiz kerak. Bunga e’tibor berilmagani oqibatida binolar orasida “sirkulyatsiya” hosil bo‘lmayapti. Shahar aholisi dimiqib qolmoqda.
Shamol guli (roza vetrov), odatda, kunduz kuni tekislikdan toqqa qarab, kechqurun tog‘dan tekislikka qarab esadi. Ya’ni, kun kechida Toshkent shahri atrofidagi sanoatlashgan Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren shaharlaridagi zavod, fabrikalar chiqarayotgan havoni ifloslantiruchi moddalar, tinch ob-havo holatida, kechqurun bizga kirib keladi. Statistikada ham Toshkentda aynan kechqurun kunduzga nisbatan reytingda ifloslanishi yuqori bo‘ladi.
Hozirgi kunda Toshkentda sovet davriga nisbatan shamol guli keskin o‘zgarib ketgan. Bizning qurilish normalarimiz esa hali hamon 70-80 yillarda faqat Toshkent shahri uchun qilingan shamol guli sxemasi asosida amalga oshirilyapti. Toshkent shahri uchun qilingan sxema Angren, Bekobod, hattoki tog‘li stansiyalar uchun ham ishlayapti. Aslida tog‘li stansiyalar uchun shamol gullari butkul boshqacha.
Hozir shamol guli yo‘nalishi ko‘proq sharq tomon esayapti. Bu shaharsozlikda eng asosiy omil hisoblanadi. Buni bilmasdan turib, biz shaharda chang masalalarini kamaytrishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlay olmaymiz.
Shamol guli yo‘nalishiga qarab, biz qaysi hududda qaysi paytda ifloslanish ko‘payib yoki kamayib borayotganini bilib olishimiz mumkin.
Misol uchun, Bishkekda mazkur ishlar amalga oshirildi. Bilamizki, ularda gaz yetishmovchiligi sababli isitish uchun ko‘mir yoqilg‘isidan foydalaniladi. Ko‘mir esa o‘zidan juda katta ifloslantiruvchi moddalarni chiqaradi va shahar har yili kuz-qish mavsumida reytingda birinchi, ikkinchi o‘ringa chiqadi.
Buning uchun ularning ekologlari, deputatlari kelishib, zavod fabrikalarning ish rejimini o‘zgartirishdi. Kechqurun zavod kamroq ifloslantiruvchi moddalar chiqarsa, havo ifloslanishi keskin kamaygan. Ular shamol guli esishiga qarab zavodda ish tartibini belgilashdi.
Biz ham shamol guli kirib kelish monitoringini to‘g‘ri yurita olsak, natijaga erishamiz.