https://oz.sputniknews.uz/20231122/davlat-byudjeti-41172210.html
Deputatlar 2024-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishdi
Deputatlar 2024-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
"nergetik ichimliklarning 1 litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilash taklif etilmoqda.Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabini yuqoriligini inobatga olgan holda qo‘shimcha 25,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilanmoqda.Respublikada jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga 54 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilmoqda.
2023-11-22T19:13+0500
2023-11-22T19:13+0500
2023-11-22T19:13+0500
o‘zbekiston
deputatlar
davlat budjeti
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/12/20946871_0:68:1301:799_1920x0_80_0_0_58a2c3e868fa5409d9ac1616327e89fd.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Deputatlar “2024 yil uchun O‘zbekistonning Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilishdi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.Qayd etilishicha, deputatlar muhokamalarda budjet daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratishgan. Xususan, yashirin iqtisodiy faoliyatni qisqartirish, raqobat muhitiga salbiy ta’sir qiluvchi samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, ajratilgan mablag‘lar natijadorligini ta’minlash ko‘plab taklif va tavsiyalar batafsil o‘rganildi.Shuningdek, energetik ichimliklarning 1 litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilash taklif etilmoqda.Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabini yuqoriligini inobatga olgan holda qo‘shimcha 25,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilanmoqda.Respublikada jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga 54 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilmoqda.Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
https://oz.sputniknews.uz/20231101/davlat-byudjeti-daromadlari-trln-som-prognoz-40550521.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/12/20946871_72:0:1227:866_1920x0_80_0_0_3d58c9a57d1ddb092419aa3ba17e3db2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat budjeti 2024 o‘zbekiston qonun
davlat budjeti 2024 o‘zbekiston qonun
Deputatlar 2024-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishdi
Quyi palata deputatlari qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yuborishdi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Deputatlar “2024 yil uchun O‘zbekistonning Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilishdi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, deputatlar muhokamalarda budjet daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratishgan. Xususan, yashirin iqtisodiy faoliyatni qisqartirish, raqobat muhitiga salbiy ta’sir qiluvchi samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, ajratilgan mablag‘lar natijadorligini ta’minlash ko‘plab taklif va tavsiyalar batafsil o‘rganildi.
“Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan avtotransport vositalari uchun tabaqalashtirilgan yig‘im stavkalarini belgilash ko‘zda tutilgan. Bunda yuk ko‘tarish quvvatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda yig‘im undirilishi nazarda tutilmoqda”, — deyilgan xabarda.
Shuningdek, energetik ichimliklarning 1 litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilash taklif etilmoqda.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabini yuqoriligini inobatga olgan holda qo‘shimcha 25,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilanmoqda.
Respublikada jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga 54 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilmoqda.
“Yoshlarga kutubxonadan kechki vaqtda foydalanish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi harajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladigan bo‘ldi”, — deyilgan xabarda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.