Kelasi yil uchun Davlat budjeti daromadlari 270,3 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda

© unsplash/Farhodjon ChinberdievTashkent. Arxivnoe foto
Tashkent. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
2024 yilda bevosita soliqlar Davlat budjeti daromadlari prognozining 31,7 foizini tashkil etadi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yil uchun Davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, kelasi yil budjet daromadlari 270,3 trln so‘m, xarajatlari 279,6 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Davlat budjeti daromadlarining 2024-2026 yillar uchun prognoziga ko‘ra, 2024-yil uchun budjet daromadlari prognozi 270,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 20,8 foiz miqdorida belgilanmoqda.
Bevosita soliqlar bo‘yicha tushumlar 85,6 trln so‘m yoki 2023-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 12,3 trln so‘mga (117 foiz) ko‘p bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
"2024 yilda bevosita soliqlar Davlat budjeti daromadlari prognozining 31,7 foizini tashkil etadi", deydi Iqtisodiyet va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov.
2024 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sish surati 5,6-5,8 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.
Bunda:
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6 foizga;
qurilish ishlari - 6.3 foiz;
qishloq xo‘jaligi - 4 foizga;
bozor xizmatlari - 14.9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

"O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining 2024-yilgi daromadlari 375,0 trln so‘m va xarajatlari 427,5 trln so‘m, taqchilligi 52,5 trln so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4,0 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda", — dedi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov.

Konsolidatsiyalashgan budjetning 2025-2026 yillar uchun daromadlari mo‘ljallari tegishincha 452,6 trln so‘m va 516,0 trln so‘m, xarajatlari esa 498,3 trln so‘m va 567,6 trln so‘m miqdorida prognoz qilingan.
2025-2026 yillarda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 foizgacha tushirish maqsad qilingan.
Yangiliklar lentasi
0