https://oz.sputniknews.uz/20231121/toshkent-41145397.html
Toshkent “issiqlik oroliga” aylanmoqda — iqlimshunos
Toshkent “issiqlik oroliga” aylanmoqda — iqlimshunos
Sputnik O‘zbekiston
Bundan 15-yil ilgari shahar 20-30 foizgacha yashillilik bilan qoplangan bo‘lsa, hozir ushbu ko‘rsatkich 10-18 foizga tushib qolgan.
2023-11-21T11:48+0500
2023-11-21T11:48+0500
2023-11-21T11:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
ekologiya
iqlim o‘zgarishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28790254_0:111:1201:787_1920x0_80_0_0_a17b53fc6caa11814379a2d7c4f5a951.png
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkent “issiqlik oroliga” aylanmoqda. Bu haqida iqlimshunos ekspert Erkin Abdulahatov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.Bilamiz, bahorda ko‘p yomg‘ir yog‘adi, yerlar doim nam bo‘ladi, asfalt qizimaydi. Shuni hisobiga bahor va yoz oylari boshlarida Toshkent shahri bir muddat eng toza hudud maqomini oladi. Yoz o‘rtalarigacha havo isiydi.Oqibatda havoning yuqori issiqligi, asfalt qoplamalariga, yashillik bilan himoyalanmagan tuproq qatlamlariga singib, undagi namgarchilik darajasi yanada kamaytirib yuboradi. So‘nggi vaqtlarda ushbu hodisani ifodalovchi Toshkent “issiqlik oroli” degan tushuncha ham paydo bo‘lgan.Prognozlarga ko‘ra, endilikda harorat yuqorilab boraveradi, shahar kengayaveradi, natijada chang zarrachalari ortishiga guvoh bo‘lamiz. Toshkent havosi chindan ham ayanchli ahvoldami — iqlimshunos javobiIqlim o‘zgarishi Toshkent atrofidagi hududlar, xususan, Qozog‘iston janubidagi cho‘llarga ham ta’sir qilmoqda. U yerda sug‘oriladigan maydonlar ishdan chiqishi oqibatida shamol cho‘ldagi mayda chang zarrachalarini hududimizga olib kelmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20231116/toshkent-havosi-41039413.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28790254_142:172:1074:871_1920x0_80_0_0_9aa1bfcd4b0ca0de47aa4e9b9d8e82dd.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent iqlim ekologiya issiqlik oroli iqlimshunos-ekspert erkin abdulahatov
toshkent iqlim ekologiya issiqlik oroli iqlimshunos-ekspert erkin abdulahatov
Toshkent “issiqlik oroliga” aylanmoqda — iqlimshunos
Bundan 15-yil ilgari shahar 20-30 foizgacha yashillilik bilan qoplangan bo‘lsa, hozir ushbu ko‘rsatkich 10-18 foizga tushib qolgan.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkent “issiqlik oroliga” aylanmoqda. Bu haqida iqlimshunos ekspert Erkin Abdulahatov
Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
Bilamiz, bahorda ko‘p yomg‘ir yog‘adi, yerlar doim nam bo‘ladi, asfalt qizimaydi. Shuni hisobiga bahor va yoz oylari boshlarida Toshkent shahri bir muddat eng toza hudud maqomini oladi. Yoz o‘rtalarigacha havo isiydi.
"Undan tashqari, poytaxtda yashillik darajasi ham keskin kamayib ketgan. Bundan 15-yil ilgari shahar 20-30 foizgacha yashillilik bilan qoplangan bo‘lsa, hozir ushbu ko‘rsatkich 10-18 foizga tushib qolgan. Daraxtlar, bog‘lar va ko‘klamzorlar o‘rniga shahar binolar, yo‘llar, asfalt va beton bilan qoplangan, shaharsozlik va qurilishlar ham faol olib borilmoqda", — dedi Abdulahatov.
Oqibatda havoning yuqori issiqligi, asfalt qoplamalariga, yashillik bilan himoyalanmagan tuproq qatlamlariga singib, undagi namgarchilik darajasi yanada kamaytirib yuboradi. So‘nggi vaqtlarda ushbu hodisani ifodalovchi Toshkent “issiqlik oroli” degan tushuncha ham paydo bo‘lgan.
"Yuqori issiqlik oqibatida tuproqdan mayda chang zarrachalari havoga ko‘tariladi. Bu jarayon yoz-kuz oylarida so‘nggi 3-4 yillikda odatiy bo‘lib qoldi. Yomg‘irsiz mavsumlarda shahar havosida mayda disper zarrachalar miqdori keskin ortmoqda. Ba’zan shamol bo‘lmagan holatda ham biz “reytingda” 5,6-o‘rinlarga chiqib olyapmiz", — deya qayd etdi u.
Prognozlarga ko‘ra, endilikda harorat yuqorilab boraveradi, shahar kengayaveradi, natijada chang zarrachalari ortishiga guvoh bo‘lamiz.
"Agar biz yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida o‘z ishlarimizni rejalashtirsak, mazkur jarayonlarni ancha kamaytirishimiz mumkin", — deya qo‘shimcha qildi iqlimshunos.
Iqlim o‘zgarishi Toshkent atrofidagi hududlar, xususan, Qozog‘iston janubidagi cho‘llarga ham ta’sir qilmoqda. U yerda sug‘oriladigan maydonlar ishdan chiqishi oqibatida shamol cho‘ldagi mayda chang zarrachalarini hududimizga olib kelmoqda.