https://oz.sputniknews.uz/20231121/rossiya-chet-ellik-talabalar-sonini-kopaytirish-lavrov-41144418.html
Rossiya chet ellik talabalar sonini ko‘paytirishdan manfaatdor — Lavrov
Rossiya chet ellik talabalar sonini ko‘paytirishdan manfaatdor — Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya mehnat migrantlariga mo‘ljallangan ta’lim dasturlarini kengaytirmoqchi.
2023-11-21T09:58+0500
2023-11-21T09:58+0500
2023-11-21T11:02+0500
o‘zbekiston - rossiya
rossiya
talabalar
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/08/40807933_0:0:3047:1714_1920x0_80_0_0_db9f8b34c5c538390036849a244e8569.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Rossiya oliy o‘quv yurtlarida chet ellik talabalar sonini ko‘paytirish va rus tili mavqeyini ilgari surish, unda mehnat migrantlarini o‘qitishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.Rossiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Rossiya Federatsiyasi subyektlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda yangi geosiyosiy voqelikda Rossiya Federatsiyasining ta’sis subyektlarining xalqaro madaniy-gumanitar hamkorligi ko‘rib chiqildi.Vazir Rossiyada universitetlararo hamkorlikning mintaqalararo dasturlarini ishlab chiqish va xalqaro ta’lim tadbirlarida ishtirok etish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish zarurligini aytdi.Vazir sport sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yoshlar almashinuvi, ko‘ngillilar harakati zarurligini ta’kidladi. Aytilishicha, Rossiya subyektlarida xorijiy davlatlar yoshlarini jalb etgan holda tematik oromgohlar tashkil etish amaliyotida yaxshi istiqbol ko‘rilmoqda.Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida Federatsiya subyektlari va qo‘shni davlatlar (ular orasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston) o‘rtasida eng qizg‘in hamkorlik bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiyada eng ko‘p o‘zbekistonlik talabalar tahsil olayotganini ma’lum qilgan edi. Ularning soni 63 ming nafarni tashkil qiladi. Hukumat kvotasi 800 tagacha oshirildi. O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 15 ta filiali ochilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230628/rossiya-mdh-talabalari-startaplari-uchun-grant-ajratdi-36391413.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/08/40807933_74:0:2803:2047_1920x0_80_0_0_95f2584533d393f707f60f7b8bcb6b7c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya mehnat migrantlariga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari tashqi ishlar vaziri sergey lavrov
rossiya mehnat migrantlariga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari tashqi ishlar vaziri sergey lavrov
Rossiya chet ellik talabalar sonini ko‘paytirishdan manfaatdor — Lavrov
09:58 21.11.2023 (yangilandi: 11:02 21.11.2023) Rossiya mehnat migrantlariga mo‘ljallangan ta’lim dasturlarini kengaytirmoqchi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Rossiya oliy o‘quv yurtlarida chet ellik talabalar sonini ko‘paytirish va rus tili mavqeyini ilgari surish, unda mehnat migrantlarini o‘qitishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov
ma’lum qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Rossiya Federatsiyasi subyektlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda yangi geosiyosiy voqelikda Rossiya Federatsiyasining ta’sis subyektlarining xalqaro madaniy-gumanitar hamkorligi ko‘rib chiqildi.
“Biz Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar sonini ko‘paytirishdan manfaatdormiz, buning uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, biz mintaqaviy ta’lim muassasalarini o‘z bitiruvchilari bilan aloqada bo‘lishga, xorijiy mamlakatlarda Rossiya va Sovet universitetlari bitiruvchilari uyushmalarini yaratish va faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashishni istaymiz”, – dedi Lavrov.
Vazir Rossiyada universitetlararo hamkorlikning mintaqalararo dasturlarini ishlab chiqish va xalqaro ta’lim tadbirlarida ishtirok etish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish zarurligini aytdi.
“Biz, birinchi navbatda, Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlarda rus tilining mavqeyini ilgari surishdan, shuningdek, rus tilidagi ta’lim dasturlarini kengaytirishdan, shu qatorda mehnat migrantlarini tayyorlashga e’tibor qaratishdan manfaatdormiz”, — dedi Lavrov.
Vazir sport sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yoshlar almashinuvi, ko‘ngillilar harakati zarurligini ta’kidladi. Aytilishicha, Rossiya subyektlarida xorijiy davlatlar yoshlarini jalb etgan holda tematik oromgohlar tashkil etish amaliyotida yaxshi istiqbol ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida Federatsiya subyektlari va qo‘shni davlatlar (ular orasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston) o‘rtasida eng qizg‘in hamkorlik bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiyada eng ko‘p o‘zbekistonlik talabalar tahsil olayotganini ma’lum qilgan edi. Ularning soni 63 ming nafarni tashkil qiladi. Hukumat kvotasi 800 tagacha oshirildi. O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 15 ta filiali
ochilgan.