https://oz.sputniknews.uz/20230628/rossiya-mdh-talabalari-startaplari-uchun-grant-ajratdi-36391413.html
Rossiya MDH talabalari startaplari uchun grant ajratdi
Rossiya MDH talabalari startaplari uchun grant ajratdi
Sputnik O‘zbekiston
2023 yilda talabalarning 1500ta loyihasi moliyalashtiriladi, ularning har biri bir million rubldan grant oladi.
2023-06-28T18:42+0500
2023-06-28T18:42+0500
2023-06-28T18:42+0500
rossiya
hamkorlik
mdh
talabalar
tanlov
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/185/54/1855443_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_c56d0dca028b30a211243529901e60d8.jpg
MOSKVA, 28-iyun — Sputnik. Rossiya innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Student Startap” tanlovi g‘oliblari o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun 1 million rubldan mukofot oladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Rossiya innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi matbuot xizmati. O‘tgan haftada tanlovning 2023-yilgi to‘rtinchi, final bosqichida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish yakunlandi.Boshlovchi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan “Student Startap” tanlovida Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari va boshqalar ishtirok etmoqda. Loyihada eng ko‘p qozog‘istonlik talabalar ishtirok etgan, ular topshirgan arizalar soni 21 tani tashkil qiladi. O‘zbekistonlik talabalar 11 ta ariza topshirgan. Tojikiston va Qirg‘iziston - 3 tadan, Belarus va Turkmanistondan - 2 tadan talaba tanlovda ishtirok etmoqda. 2023-yilda Rossiyaning 29 ta oliy o‘quv yurtidan 6000 ga yaqin talaba tanlovga ariza topshirdi, jumladan, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Moskva fizika-texnika instituti, KFU, KNRTU, TUSUR va TPU.Tanlov ishtirokchilari arizalar ko‘rib chiqilgach, o‘z loyihalarini yuzma-yuz muloqotda himoya qiladi va avgust oyida g‘oliblar aniqlanadi. Har bir g‘olib Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgach, yuridik shaxs tashkil etishi, o‘z startapi uchun biznes-reja va veb-sayt ishlab chiqishi hamda Fondga rivojlanish bo‘yicha hisobot taqdim etishi kerak bo‘ladi.Loyihalarning bir qismi soha uchun yangi qurilmalar va tizimlarni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, kreativ industriyalar sohasidagi startaplar, xususan, kiyim-kechakning yangi brendi va portativ dinamik tizimini yaratishni nazarda tutadi.Talabalar startapi tanlovi Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan “Universitetlarning texnologik tadbirkorlik platformasi” federal loyihasi doirasida o‘tkaziladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/185/54/1855443_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_ac542856ef562a7879ae278bd18fe7f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya grant hamdo‘stlik mdh talaba grant
rossiya grant hamdo‘stlik mdh talaba grant
Rossiya MDH talabalari startaplari uchun grant ajratdi
2023 yilda talabalarning 1500 ta loyihasi moliyalashtiriladi, ularning har biri 1 million rubldan grant oladi.
MOSKVA, 28-iyun — Sputnik. Rossiya innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Student Startap” tanlovi g‘oliblari o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun 1 million rubldan mukofot oladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Rossiya innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi matbuot xizmati.
O‘tgan haftada tanlovning 2023-yilgi to‘rtinchi, final bosqichida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish yakunlandi.
Boshlovchi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan “Student Startap” tanlovida Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari va boshqalar ishtirok etmoqda.
Loyihada eng ko‘p qozog‘istonlik talabalar ishtirok etgan, ular topshirgan arizalar soni 21 tani tashkil qiladi. O‘zbekistonlik talabalar 11 ta ariza topshirgan. Tojikiston va Qirg‘iziston - 3 tadan, Belarus va Turkmanistondan - 2 tadan talaba tanlovda ishtirok etmoqda.
2023 yilda Rossiyaning 29 ta oliy o‘quv yurtidan 6000 ga yaqin talaba tanlovga ariza topshirdi, jumladan, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Moskva fizika-texnika instituti, KFU, KNRTU, TUSUR va TPU.
“2022 yilda Fond mingta g‘olibni aniqladi, ularning har biri 1 million rubldan grant oldi. 2023-yilda talabalarning 1500 ta loyihasi moliyalashtiriladi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida. Grant miqdori o‘zgarishsiz qoldi - 1 million rubl.
Tanlov ishtirokchilari arizalar ko‘rib chiqilgach, o‘z loyihalarini yuzma-yuz muloqotda himoya qiladi va avgust oyida g‘oliblar aniqlanadi. Har bir g‘olib Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgach, yuridik shaxs tashkil etishi, o‘z startapi uchun biznes-reja va veb-sayt ishlab chiqishi hamda Fondga rivojlanish bo‘yicha hisobot taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Tanlov ishtirokchilarining loyihalari oltita tematik yo‘nalishni qamrab oladi: raqamli texnologiyalardan tortib ijodiy sohalargacha. Uning asosiy qismi raqamlashtirish, onlayn platformalar va mobil ilovalarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
Loyihalarning bir qismi soha uchun yangi qurilmalar va tizimlarni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, kreativ industriyalar sohasidagi startaplar, xususan, kiyim-kechakning yangi brendi va portativ dinamik tizimini yaratishni nazarda tutadi.
Talabalar startapi tanlovi Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan “Universitetlarning texnologik tadbirkorlik platformasi” federal loyihasi doirasida o‘tkaziladi.