https://oz.sputniknews.uz/20231120/toshkent-xalqaro-qadoqlash-korgazmasi-41130390.html
Toshkentda uchta xalqaro ko‘rgazma ish boshlaydi — ishtirokchi davlatlar
Toshkentda uchta xalqaro ko‘rgazma ish boshlaydi — ishtirokchi davlatlar
Poytaxtda "UzAgroExpo", "UzProdExpo" va "InterRackExpo" xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.
2023-11-20T12:34+0500
2023-11-20T12:34+0500
2023-11-20T19:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
ko‘rgazma
oziq-ovqat
meva-sabzavot
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30216713_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_4a16b1992df4efec3fb5fb7120bc9d90.jpg
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Toshkentda 22-24 noyabr kunlari uchta xalqaro ko‘rgazma – "UzAgroExpo", "UzProdExpo" va "InterRackExpo" o‘z ishini boshlaydi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchisi. Bu yil ko‘rgazmalarda O‘zbekiston, Avstriya, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Kipr, Xitoy, Qirg‘iziston, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Rossiya, AQSh, Turkmaniston, Turkiya va Chexiya kabi mamlakatlardan 120 tadan ortiq kompaniya ishtirok etadi. "UzAgroExpo" ko‘rgazmasi pavilonida o‘simliklarni himoya qilish, agrokimyo va veterinariya, tomchilatib sug‘orish sohalaridagi yechimlar, shuningdek, chorva mollari va parrandalar uchun yem-xashaklar va ozuqa tayyorlash, ularning komponentlari, qo‘shimchalari, premikslari kabi keng assortiment taqdim etiladi.“InterPackExpo" ko‘rgazmasi qadoqlash uskunalari va yorliqlarni bosib chiqarish, etiketkalash, markalash va shtrix kodlash texnologiyalarini sotish geografiyasini kengaytirishga hissa qo‘shadi.Ko‘rgazma pavilonida quyidagilar taqdim etiladi:Xalqaro ko‘rgazma doirasida har qanday g‘oyani tayyor mahsulotga aylantirishga yordam beradigan texnologiyalar namoyish etiladi. Ko‘rgazmada “Rossiya eksport markazi” mamlakatning yetakchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini to‘playdi. An’anaviy ravishda Eron ishlab chiqaruvchilari yagona milliy stendi, Qirg‘izistonning 10 taga yaqin qishloq xo‘jaligi korxonasi namoyish etiladi.Qayd etilishicha, ushbu tadbir ishtirokchi korxonalarga yangi amaliy aloqalarini o‘rnatish, mahsulot xarid qilish yoki o‘z mahsulotlarini taklif qilish, yangi savdo belgilari, texnologiyalar va bozordagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishishga qulay imkon yaratadi."UzProdExpo" ko‘rgazma doirasida asal va shirinliklar, yog‘-moylar, makaron mahsulotlari, sabzavot va mevali konservalar, gazlangan va gazsiz ichimliklar, spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini taqdim etishadi. Ekspozitsiyani “sog‘lom turmush tarzi” segmentiga mansub va mahsulot ishlab chiqarishda tabiiy xom ashyolardan foydalanadigan kompaniyalar to‘ldiradi. Ko‘rgazmalarning rasmiy ochilish marosimi 22-noyabrda “O‘zekspomarkaz”ning 1- pavilonida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "UzAgroExpo", "UzProdExpo" va "InterRackExpo" ko‘rgazmalarida Rossiyaning 10 tadan ortiq hududidan kompaniyalar ishtirok etgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20230424/rossiya-kompaniyasi-ozbekistonga-qadoqlash-uskunalari-etkazib-beradi-34208072.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30216713_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_91dc8413bfd3809c29ff2f9e0b959f20.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
toshkent "uzagroexpo", "uzprodexpo" "interrackexpo" rossiya
toshkent "uzagroexpo", "uzprodexpo" "interrackexpo" rossiya
Toshkentda uchta xalqaro ko‘rgazma ish boshlaydi — ishtirokchi davlatlar
12:34 20.11.2023 (yangilandi: 19:18 20.11.2023) Poytaxtda "UzAgroExpo", "UzProdExpo" va "InterRackExpo" xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Toshkentda 22-24 noyabr kunlari uchta xalqaro ko‘rgazma – "UzAgroExpo", "UzProdExpo" va "InterRackExpo" o‘z ishini boshlaydi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchisi.
Bu yil ko‘rgazmalarda O‘zbekiston, Avstriya, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Kipr, Xitoy, Qirg‘iziston, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Rossiya, AQSh, Turkmaniston, Turkiya va Chexiya kabi mamlakatlardan 120 tadan ortiq kompaniya ishtirok etadi.
"UzAgroExpo" ko‘rgazmasi pavilonida o‘simliklarni himoya qilish, agrokimyo va veterinariya, tomchilatib sug‘orish sohalaridagi yechimlar, shuningdek, chorva mollari va parrandalar uchun yem-xashaklar va ozuqa tayyorlash, ularning komponentlari, qo‘shimchalari, premikslari kabi keng assortiment taqdim etiladi.
"Ochiq maydonda Rossiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari qishloq xo‘jaligi va yig‘im-terim texnikalarini keng miqyosda namoyish etishadi", — deydi ko‘rgazma tashkilotchisi.
“InterPackExpo" ko‘rgazmasi qadoqlash uskunalari va yorliqlarni bosib chiqarish, etiketkalash, markalash va shtrix kodlash texnologiyalarini sotish geografiyasini kengaytirishga hissa qo‘shadi.
Ko‘rgazma pavilonida quyidagilar taqdim etiladi:
oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavot va mevalarni qadoqlash mashinalari hamda bosib chiqarish uskunalari;
xizmat ko‘rsatish uskunalari;
butlovchi qismlar va avtomatlashtirish uskunalari;
yordamchi qadoqlash materiallari va yakuniy qadoqlash liniyalari.
Xalqaro ko‘rgazma doirasida har qanday g‘oyani tayyor mahsulotga aylantirishga yordam beradigan texnologiyalar namoyish etiladi.
Ko‘rgazmada “Rossiya eksport markazi” mamlakatning yetakchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini to‘playdi. An’anaviy ravishda Eron ishlab chiqaruvchilari yagona milliy stendi, Qirg‘izistonning 10 taga yaqin qishloq xo‘jaligi korxonasi namoyish etiladi.
"Ayniqsa, Rossiyaning yirik mintaqalari tomonidan namoyish etiladigan ekspozitsiyalarning katta rolini alohida e’tirof etish kerak. Jamoaviy stendlarda Mordoviya respublikasi hamda Volgograd, Voronej, Irkutsk, Novgorod viloyatlari va Stavropol o‘lkasidan kelgan ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat maqsadlari uchun har xil mahsulotlar va texnologiyalarni taklif qilishadi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu tadbir ishtirokchi korxonalarga yangi amaliy aloqalarini o‘rnatish, mahsulot xarid qilish yoki o‘z mahsulotlarini taklif qilish, yangi savdo belgilari, texnologiyalar va bozordagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishishga qulay imkon yaratadi.
"UzProdExpo" ko‘rgazma doirasida asal va shirinliklar, yog‘-moylar, makaron mahsulotlari, sabzavot va mevali konservalar, gazlangan va gazsiz ichimliklar, spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini taqdim etishadi. Ekspozitsiyani “sog‘lom turmush tarzi” segmentiga mansub va mahsulot ishlab chiqarishda tabiiy xom ashyolardan foydalanadigan kompaniyalar to‘ldiradi.
Ko‘rgazmalarning rasmiy ochilish marosimi 22-noyabrda “O‘zekspomarkaz”ning 1- pavilonida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "UzAgroExpo", "UzProdExpo" va "InterRackExpo" ko‘rgazmalarida Rossiyaning 10 tadan ortiq hududidan kompaniyalar
ishtirok etgandi.