Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya “Alligatorlari” Ukrainaning Krasniy Liman yaqinidagi tayanch punktini yo‘q qildi

© Sputnik / Russian Defence Ministry/Vadim Savitsky / Mediabankka o‘tishUdarniy vertolet Ka-52. Arxivnoe foto
Udarniy vertolet Ka-52. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina armiyasi tayanch punktiga 80 millimetrlik boshqarilmaydigan aviatsiya raketalari yordamida hujum qilindi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Markaziy harbiy okrug guruhining Ka-52 “Alligator” hujum vertolotlari Ukraina Qurolli kuchlarining Krasniy Liman yo‘nalishidagi uzoq muddatli tayanch punktini yo‘q qildi. Bu haqida RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

“Minimal balandlikda harakatlanib, Markaziy harbiy okrugning vertolot uchuvchilari mashinalarni o‘t ochish chizig‘iga olib kelishdi va Ukraina Qurolli kuchlarining uzoq muddatli tayanch punktiga 80 millimetrlik boshqarilmaydigan aviatsiya raketalari bilan zarba berishdi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, aviatsiya qurollaridan foydalanish vertolotlar va hujum samolyotlariga xos bo‘lgan parvoz texnikasi (jangovar transport vositasining burni ufqdan yuqoriga ko‘tarilish) orqali amalga oshirildi.
Bu dushman havo mudofaasi tizimlari doirasiga kirmasdan raketaning parvoz masofasini oshirishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0