Moskvada GUM-yaxmalak maydoni ochiladi — yangi mavsumda mehmonlarni nimalar kutmoqda?

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishPrednovogodnyaya Moskva
Prednovogodnyaya Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxtining bosh maydonida o‘tkaziladigan an’anaviy qishki tantanalar doirasida GUM-yaxmalak maydoniga tashrif buyuruvchilar rossiyalik mashhur xokkeychilar va figurali uchuvchilarning bepul mahorat darslarida qatnashishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Moskvaning Qizil maydoni va shaharning asosiy savdo markazida (GUM) 29-noyabr kuni yaxmalak uchish maydoni ish boshlaydi. Bu haqida tashkilotchilar Sputnik O‘zbekistonga xabar berishdi.

“29 noyabr kuni Moskvaning bosh maydonida mamlakatga mashhur GUM-yaxmalak uchish maydoni o‘n sakkizinchi bor o‘z ishini boshlaydi. An’anaviy qishki tantanalar Rossiya poytaxtining qoq markazida bo‘lib o‘tadi. Benuqson muz, rang-barang yorug‘lik, bayramona muhit va kafedagi eng mazali ponchiklar”, — deyiladi xabarda.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, GUM-yaxmalak uchish maydoni har kuni soat 9:00 dan 23:30 gacha ishlaydi. Har bir seansning davomiyligi bir soat.

“GUM-yaxmalak uchish maydonchasining yaxshi an’anasi – ish kunlaridagi dastlabki to‘rtta ertalabki mashg‘ulotlar bepul – yangi mavsumda ham davom etadi. Ish kunlarida kattalar chiptasi 700 rubl, bolalar chiptasi (7 yoshdan 12 yoshgacha) - 300 rubl. Dam olish kunlari va bayramlarda - mos ravishda 800 va 400 rubl. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bepul chipta beriladi, bunda ularga muzda hamrohlik qilish uchun kattalar chiptasi sotib olinadi. Pensionerlar uchun ish kunlarida seans 300 rubl, dam olish kunlari va bayramlarda esa 400 rublni tashkil qiladi. Konkini ijaraga olish mumkin, kiyinish xonasida konkini charxlash xizmati mavjud”, — deyiladi xabarda.

Yangi mavsumda maydonga tashrif buyuruvchilar Rossiya sport yulduzlaridan bepul mahorat darslarida ham qatnashishlari mumkin bo‘ladi.
Har shanba kuni maydon muzida, “Qizil mashina” bolalar xokkey maktabi murabbiylari rahbarligida xokkey o‘ynashni o‘rganish yoki bilim va ko‘nikmalarni oshirish mumkin.
Yakshanba kunlari figurali uchish ishqibozlari Anastasiya Grebenkina maktabining murabbiylari rahbarligida konkida uchish mahoratini oshiradilar va oddiy elementlarni bajaradilar: spirallar, yugurishlar, aylanishlar.
Bundan tashqari, joriy mavsum dasturida Olimpiya chempioni Alina Zagitovaning 10-dekabrdan 25-fevralgacha bo‘lib o‘tadigan figurali uchish bo‘yicha 12 ta mahorat darslari o‘rin olgan.
Tashkilotchilarning tushuntirishicha, barcha mahorat darslarida qatnashish bepul, lekin siz avval GUM-yaxmalak uchish maydonchasi veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin atrofdagi GUM yarmarkasiga tashrif buyuruvchilar an’anaviy qishki taomlarni tatib ko‘rishlari, yangi yil archalari va inshootlariga bahramand bo‘lishlari, karuselga chiqishlari, yangi yil fotosessiyasini tashkil etishlari, sovg‘alar va esdalik sovg‘alari xarid qilishlari mumkin.
Sputnik GUM-yaxmalak uchish maydonining axborot hamkori hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0