YeOII va Xitoy bojxona sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda — tafsilotlar
16:50 20.11.2023 (yangilandi: 18:09 20.11.2023)
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasida YeOII va Xitoy o‘rtasida bojxona hamkorligi va savdoni osonlashtirish bo‘yicha quyi qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Xitoy bojxona hamkorligini rivojlantirmoqda. Bu haqida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
YeIKda YeOII va Xitoy o‘rtasida bojxona hamkorligi va savdoni osonlashtirish bo‘yicha quyi qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissiiYevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YeIK)da YeOII va Xitoy o‘rtasida bojxona hamkorligi va savdoni osonlashtirish bo‘yicha quyi qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YeIK)da YeOII va Xitoy o‘rtasida bojxona hamkorligi va savdoni osonlashtirish bo‘yicha quyi qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii
“Bojxona hamkorligi va savdoni yengillashtirish bo‘yicha quyi qo‘mita yig‘ilishida bir tomondan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari, ikkinchi tomondan, Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Unda 2018-yil 17-maydagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim Ittifoq va XXR bojxona xizmati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil etishning huquqiy asosi ekanligi qayd etildi.
Gap raqamli (aqlli) bojxonani rivojlantirish, istiqbolli bojxona texnologiyalari, “yagona darcha” mexanizmini joriy etish, “vakolatli iqtisodiy operator” institutini takomillashtirish, elektron bojxona tranziti, shuningdek, “Yevroosiyo agroekspress ” loyihasini amalga oshirish haqida ketmoqda.
“Xitoylik hamkorlar bilan muloqotni rivojlantirish Ittifoqning xalqaro faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasidagi faoliyatning dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi” – dedi YeIKning bojxona qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyoti departamenti direktori Sergey Vladimirov.
Uning fikricha, XXR bilan bojxona boshqaruvining turli masalalari, jumladan, istiqbolli bojxona texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish muvaffaqiyatli hamkorlikning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Tomonlar quyi qo‘mita YeOII va XXR o‘rtasidagi bojxona hamkorligining dolzarb masalalarini kelgusida muhokama qilish uchun platformaga aylanishiga ishonch bildirdi.