https://oz.sputniknews.uz/20231119/chang-qum-boronlari-ilmiy-tadqiqotlar-41121937.html
O‘zbekiston BMT bilan birgalikda chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish uchun kurashmoqchi
O‘zbekiston BMT bilan birgalikda chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish uchun kurashmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish maqsadida FAO va BMT bilan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi.
2023-11-19T15:01+0500
2023-11-19T15:01+0500
2023-11-19T15:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bmt
chang bo‘roni
aziz abduhakimov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/13/41121770_504:416:2724:1665_1920x0_80_0_0_a2546d375fd0026736d13a534b138f17.jpg
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalitsiyasi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.BMTning cho‘llanish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalitsiyasi raisi Feras Ziadat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar:Qayd etilishicha, eron va afg‘on shamollari natijasida bahor-kuz mavsumida Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida kuzatilayotgan qum va chang bo‘ronlari aholi salomatligi va hayvonot dunyosiga zarar yetkazmoqda.BMT koalitsiyasi raisi chang va qum bo‘ronlari tobora dolzarb bo‘lib borayotgan transchegaraviy muammo ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ayniqsa, tirikchiligi tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan fermerlar va odamlarga jiddiy ta’sir qiladi.Toshkent havosini yaxshilash yo‘li bormi – iqlimshunos bilan suhbatUchrashuv yakunida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi koalitsiya delegatsiyasining 2024-yil 12–17 fevralda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan CMS COP-14 to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi hamda Samarqand iqlim forumida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20231118/bmtning-chollanishga-qarshi-kurash-togrisidagi-konventsiyasi-muammolar-va-ularning-echimlari-41113101.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/13/41121770_469:370:2706:2048_1920x0_80_0_0_993c225a5478411692a48fee39617064.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston bmt chang va qum bo‘ronlari fao
o‘zbekiston bmt chang va qum bo‘ronlari fao
O‘zbekiston BMT bilan birgalikda chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish uchun kurashmoqchi
O‘zbekiston chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish maqsadida FAO va BMT bilan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalitsiyasi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, deya xabar berdi
Ekologiya vazirligi. BMTning cho‘llanish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalitsiyasi raisi Feras Ziadat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar:
Yerlarning degradatsiyasi va yer resurslarini barqaror boshqarish;
O‘zbekistonning qum va chang bo‘ronlari xavfi yuqori bo‘lgan hududlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.
Qayd etilishicha, eron va afg‘on shamollari natijasida bahor-kuz mavsumida Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida kuzatilayotgan qum va chang bo‘ronlari aholi salomatligi va hayvonot dunyosiga zarar yetkazmoqda.
BMT koalitsiyasi raisi chang va qum bo‘ronlari tobora dolzarb bo‘lib borayotgan transchegaraviy muammo ekanligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ayniqsa, tirikchiligi tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan fermerlar va odamlarga jiddiy ta’sir qiladi.
“Chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish maqsadida yig‘ilishda FAO va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalitsiyasi bilan hamkorlikda aniq metodologiyalar ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va muhim strategik yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi koalitsiya delegatsiyasining 2024-yil 12–17 fevralda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan CMS COP-14 to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi hamda Samarqand iqlim forumida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.