Slovakiya qarori NATO Ukrainadan charchaganini tasdiqladi – OAV

© AP Photo / Olivier MatthysSotrudnik slujbi protokola popravlyayet ukrainskiy flag v shtab-kvartire NATO v Brussele. Arxivnoe foto
Sotrudnik slujbi protokola popravlyayet ukrainskiy flag v shtab-kvartire NATO v Brussele. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Slovakiyaning yordam ko‘rsatmaslik qarori Kiyevning NATOdagi tarafdorlari o‘rtasida charchoq kuchayib borayotganining birinchi aniq belgisi bo‘ldi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Slovakiya hukumatining Ukrainaga 40,3 million yevro miqdoridagi yangi harbiy yordamini bloklagani Kiyevning NATOdagi tarafdorlarining charchaganidan dalolat berdi. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi yozmoqda.
Nashrning yozishicha, Slovakiya hukumatining Ukrainaga raketa va o‘q-dorilardan iborat 43 million dollarlik yangi harbiy yordamini ajratishini bloklagani Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar imkoniyatlarini sezilarli darajada o‘zgartira olmaydi.
Biroq bu qaror Kiyevning NATOdagi tarafdorlari o‘rtasida charchoq kuchayib borayotganining birinchi aniq belgisi bo‘ldi, deb ta’kidlaydi gazeta.
Qayd etilishicha, shu paytgacha Slovakiya Ukrainaning eng yirik qo‘llab-quvvatlovchilaridan biri bo‘lib kelgan va avvalroq umumiy qiymati 700 million dollardan ortiq bo‘lgan 13 ta yordam to‘plamini ma’qullagan.
8 noyabr kuni Slovakiya hukumati Ukrainaga 40,3 million yevrolik yangi harbiy yordamini blokladi. Kiyevga qurol va o‘q-dorilarni berish taklifi Vazirlar mahkamasiga Slovakiya Mudofaa vazirligining sobiq rahbariyati tomonidan yuborilgan edi. 30-sentabr kuni respublikada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng “Yo‘nalish – Sotsial-demokratiya” partiyasi yetakchisi Robert Fitso boshchiligida vazirlar mahkamasi tuzildi. Mudofaa vazirligining avvalgi rahbariyati lavozimidan ozod etildi.
Zelenskiy murojaati Yevropa kengashida qiziqish uyg‘otmadi – Slovakiya bosh vaziri
Fitsoning aytishicha, mamlakat bundan keyin Kiyevga milliy qurolli kuchlar omborlaridan harbiy yordam yubormaydi. Hukumat tomonidan yetkazib berilishi bloklangan yordam paketi 7,62 mm kalibrli 4 millionta o‘q, 125 mm kalibrli 5172 artilleriya snaradlari, “Kub” zenit-raketa tizimi uchun 140 ta raketa, 8 ta minomot va ular uchun 1,2 mingta snaradlardan iborat edi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Zelenskiy G‘arb bilan muloqot qilish ohangini o‘zgartirdi — OAV
Yangiliklar lentasi
0