Zelenskiy G‘arb bilan muloqot qilish ohangini o‘zgartirdi — OAV

© AFP 2023 / ARIS MESSINISUkraina prezidenti Vladimir Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Obuna bo‘lish
The Spectator: Zelenskiy G‘arb siyosatchilari bilan muloqotda ohangini o‘zgartirdi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb bilan muloqot qilish ohangini o‘zgartirdi. Bu haqida RIA Novosti The Spectator nashriga tayanib xabar berdi.
"Agar yaqinda Kiyevning pozitsiyasi "bizga ko‘proq bering va biz tezda g‘alaba qozona olamiz" bo‘lgan bo‘lsa, endi u "bizga ko‘proq bering, aks holda bu noma’lum muddatga cho‘zilib ketadi" bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Maqolada ta’kidlanishicha, Zelenskiy shu yo‘l bilan G‘arbning Rossiya bilan uzoq davom etadigan mojarodagi qo‘rquvini yengmoqchi.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategiyasida Kiyev hamkorlarining sekin-asta charchagani va qarama-qarshilikni cho‘zishni istamasligi haqidagi fikr ham bor.
Agar Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen G‘arbda shunga o‘xshash his-tuyg‘ular mavjudligini beparvolik bilan inkor etasa, Italiya bosh vaziri buni rossiyalik prankerlar bilan suhbatda tasdiqladi, deyiladi maqolada.
Yangiliklar lentasi
0