Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Iqtisodiy barqarorlik nuqtayi nazaridan asosiy rol YeOIIga ajratilmoqda – Putin

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishVladimir Putin, arxiv surat
Vladimir Putin, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
NovostiTelegram
Rossiya prezidenti ittifoq doirasida a’zo davlatlar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun shart-sharoitlar shakllanayotganini qayd etdi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida a’zo davlatlar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, keng miqyosda ularni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlar shakllanmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy barqarorlik nuqtayi nazaridan asosiy rol YeOIIga ajratilmoqda.
“Uning doirasida a’zo davlatlar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, keng miqyosda ularni har tomonlama modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlar shakllanmoqda. Yuzaga kelgan oddiy bo‘lmagan geosiyosiy sharoitlarda e’tibor texnologik suverenitetni ta’minlash, mustaqil moliyaviy infratuzilmani yaratish, o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini oshirishga qaratilmoqda”, - dedi Rossiya prezidenti “Kazaxstanskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Moldova va Kuba ham kuzatuvchi maqomiga ega.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
PMEF-2021. Rabota stenda MIA Rossiya segodnya.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va O‘zbekiston hamkorligining qaysi yo‘nalishlari eng istiqbolli? — YeIK javobi
Yangiliklar lentasi
0