https://oz.sputniknews.uz/20231026/eoii-va-ozbekiston-hamkorligining-qaysi-yonalishlari-eng-istiqbolli--eik-javobi-40383495.html
YeOII va O‘zbekiston hamkorligining qaysi yo‘nalishlari eng istiqbolli? — YeIK javobi
YeOII va O‘zbekiston hamkorligining qaysi yo‘nalishlari eng istiqbolli? — YeIK javobi
Sputnik O‘zbekiston
YeIK rasmiy vakili YeOII va O‘zbekiston orasida hamkorlikning qaysi yo‘nalishlariga qiziqish borligi va ularning qaysilari eng istiqbolli ekaniga oydinlik kiritdi. 26.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-26T21:55+0500
2023-10-26T21:55+0500
2023-11-06T15:46+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
o‘zbekiston
hamkorlik
iqtisod
yeik
matbuot markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40376157_0:67:3092:1806_1920x0_80_0_0_6b892e846aba3651ff61ee378f35ffd3.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. YeOII va O‘zbekiston orasida bugungi kunda savdo, sanoat, transport moliya va migrratsiya sohalarida hamkorlikka qiziqish bor, dedi YeIK rasmiy vakili Iya Malkina Sputnik muxbiri Ramiz Baxtiyarovga.YeIK rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston YeOII texnik tartibga solish hujjatlarini sinchiklab o‘rganmoqda. Undan tashqari, O‘zbekiston YeOIIning kelgusi rivojlanish loyihalarida ishtirok etishiga ham umid bildirildi.Shu bilan birga YeIK vakili O‘zbekiston va YeOII orasida imzolangan memorandum va shartnomalarning ijro darajasi yuqori ekanini alohida qayd etdi. Videoko‘prik davomida ma’lum qilinishiga ko‘ra, YeOII tashkil etilganidan buyon O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar oshgan."MDH davlatlari orasida YeOII savdosining yarmi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. 2022-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash chorakdan ko‘proqqa oshdi. 2023-yilda biz ijobiy dinamikani ko‘rmoqdamiz. O‘ylaymanki, yil yakunida ko‘rsatkichlar katta plyus bilan yakunlanadi", - dedi YeIK rasmiy vakili.Ma’lumot uchun Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Moskva – Minsk – Ostona – Bishkek – Yerevan – Toshkent” videoko‘prigi bugun Bishkekdagi bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40376157_210:0:2941:2048_1920x0_80_0_0_c21813e8e6ef5a112cff025499dd7b0b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, o‘zbekiston, hamkorlik, iqtisod, yeik
yeoii, o‘zbekiston, hamkorlik, iqtisod, yeik
YeOII va O‘zbekiston hamkorligining qaysi yo‘nalishlari eng istiqbolli? — YeIK javobi
21:55 26.10.2023 (yangilandi: 15:46 06.11.2023) YeIK rasmiy vakili YeOII va O‘zbekiston orasida hamkorlikning qaysi yo‘nalishlariga qiziqish borligi va ularning qaysilari eng istiqbolli ekaniga oydinlik kiritdi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. YeOII va O‘zbekiston orasida bugungi kunda savdo, sanoat, transport moliya va migrratsiya sohalarida hamkorlikka qiziqish bor, dedi YeIK rasmiy vakili Iya Malkina Sputnik muxbiri Ramiz Baxtiyarovga.
YeIK rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston YeOII texnik tartibga solish hujjatlarini sinchiklab o‘rganmoqda.
"Hamkorlik yo‘nalishlariga keladigan bo‘lsak, kuzatishlarimizga ko‘ra, bugungi kunda savdo sohasiga qiziqish bor, shuningdek, O‘zbekistonning vakolatli organlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarni juda faol o‘rganmoqda. Bu tushunarli, kelajakda O‘zbekiston xuddi shunday tovarlarni YeOII bozorlariga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, biz sanoat kooperatsiyasi, transport, moliya siyosati va migratsiya sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini ko‘rmoqdamiz", - dedi Iya Malkina.
Undan tashqari, O‘zbekiston YeOIIning kelgusi rivojlanish loyihalarida ishtirok etishiga ham umid bildirildi.
"YeOIIda kelgusida rivojlantirish rejalashtirgan — ilm-fan, turizm va sog‘liqni saqlash sohalarida ham hamkorlikni rivojlantirish kutilmoqda. Umid qilamanki, O‘zbekistonni ham ushbu jarayonlarga qo‘shish imkoni bo‘ladi", - dedi Malkina.
Shu bilan birga YeIK vakili O‘zbekiston va YeOII orasida imzolangan memorandum va shartnomalarning ijro darajasi yuqori ekanini alohida qayd etdi.
"O‘zbekiston Respublikasi YeOII bilan hamkorlikk yondashuvi jiddiy. Ma’lumki, YeOII va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Uning doirasida bir qator amaliy hujjatlar imzolandi. Bu Qo‘shma tadbirlar rejasi va hamkorlikning qo‘shimcha yo‘nalishlari ro‘yxati. Aytish joizki, bugungi kunda ushbu hujjatlarni ijro etish darajasi juda yuqori — 80% ga yaqin", - dedi Malkina.
Videoko‘prik davomida ma’lum qilinishiga ko‘ra, YeOII tashkil etilganidan buyon O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar oshgan.
"MDH davlatlari orasida YeOII savdosining yarmi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. 2022-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash chorakdan ko‘proqqa oshdi. 2023-yilda biz ijobiy dinamikani ko‘rmoqdamiz. O‘ylaymanki, yil yakunida ko‘rsatkichlar katta plyus bilan yakunlanadi", - dedi YeIK rasmiy vakili.
Ma’lumot uchun Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Moskva – Minsk – Ostona – Bishkek – Yerevan – Toshkent” videoko‘prigi bugun Bishkekdagi bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlandi.