Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya O‘zbekistonning YeOIIda hamkorlikni mustahkamlashga intilishini olqishlaydi – Grushko

© Sputnik/ Sergey SubbotinAleksandr Grushko
Aleksandr Grushko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya MDH mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlashtirishga alohida e’tibor qaratadi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishini olqishlaydi va yuksak qadrlaydi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Aleksandr Glushko Samarqanddagi Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumida ma’lum qildi.

“Toshkentda, O‘zbekiston zaminida Yevroosiyo integratsiyasiga o‘sib borayotgan qiziqish namoyon etilayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Bu O‘zbekiston Respublikasi 2020-yilda YeOII huzurida kuzatuvchi davlat maqomini olishi bilan tasdiqlanadi. Bu o‘zbek do‘stlarimizga ittifoqning faoliyat masalalarini chuqurroq o‘rganishga imkon beradi. Biz YeOIIdagi hamkorlikni zichlashga bo‘lgan bu kayfiyatni olqishlaymiz va yuksak qadrlaymiz”, - dedi Grushko.

Vazir o‘rinbosari Rossiya MDH mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlashtirishga alohida e’tibor qaratishini qayd etdi.
U asosiy vazifalar Hamdo‘stlikda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaning ijobiy muhitini qo‘llab-quvvatlash, texnologik suverenitetni mustahkamlash ekanini urg‘uladi.
PMEF-2021. Rabota stenda MIA Rossiya segodnya.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va O‘zbekiston hamkorligining qaysi yo‘nalishlari eng istiqbolli? — YeIK javobi
Yangiliklar lentasi
0