O‘zbekiston Afg‘oniston bilan 1 mlrd so‘mdan ortiq shartnoma va bitimlar imzoladi

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovliUzbekskaya delegatsiya vo glave s J.Xodjayevim posetila Kabul s rabochim vizitom
Uzbekskaya delegatsiya vo glave s J.Xodjayevim posetila Kabul s rabochim vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Qobulda bo‘ldi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 1 mlrd so‘mdan ortiq eksport-import shartnomalari va bitimlar imzolandi. Bu haqida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 1 mlrd 185 mln so‘mlik eksport-import shartnomalari va bitimlar imzolandi. Bunday natijaga O‘zbekiston delegatsiyasining Kobulga amaliy tashrifi chog‘ida erishildi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Kobul shahrida Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Mulla Barodar bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir qator masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Afg‘oniston vazirlik va idoralari ishtirokida kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakat delegatsiya tarkibidan O‘zbekistonning energetika, suv xo‘jaligi, konchilik sanoati va geologiya, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, sanoat va savdo, transport, tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, bir qator boshqa idoralar, tarmoq agentliklari hamda uyushmalari rahbarlari o‘rin oldi.
Muhokama etilgan masalalar:
"Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish tarmog‘i qurilishi loyihasini amalga oshirish;
O‘zbekistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlaridagi savdo uylari faoliyatini qayta tiklash va jonlantirish;
Afg‘onistonda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakolatxonasini ochish;
Xalqaro yuk tashish, bojxona nazorati hamda foydali qazilmali konlarni o‘rganish va rivojlantirish.
O‘zbekiston delegatsiyasining Kobulga tashrifi doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, shuningdek, ikki mamlakatning davlat idoralari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “B2B” hamda “G2B” formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

“Natijalarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, transport-logistika, kimyo sanoati, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, charm-poyabzal, elektrotexnika sanoati kabi sohalarda 1 mlrd 185 mln so‘mlik eksport-import shartnomalari va bitimlar imzolandi”, — deyiladi xabarda.

Abdulla Azizov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
O‘zbekiston farmatsevtika sohasida Afg‘oniston bilan hamkorlikni kengaytiradi
Yangiliklar lentasi
0