O‘zbekiston farmatsevtika sohasida Afg‘oniston bilan hamkorlikni kengaytiradi

© Minzdrav UzbekistanaAbdulla Azizov
Abdulla Azizov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori preparatlari va mahsulotlarini Afg‘onistonga yetkazib berish borasida ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishni taklif qildi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Kobul shahrida bo‘ldi.
Xalqaro biznes markazida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov rahbarligidagi bir guruh soha mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi. Bu yerda 300 dan ortiq tibbiy mahsulotlar namoyish qilindi.
Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida “B2B” formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilib, muzokaralar olib borildi. Ko‘rgazmada 4000 ga yaqin tibbiy mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika xizmati direktori Hamid Formuloy O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori preparatlari va mahsulotlarini Afg‘onistonga yetkazib berish borasida ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishni taklif qildi.
Bu masalada tibbiy mahsulotlarni ro‘yxatga olish vakolatiga ega bo‘lgan Afg‘oniston oziq-ovqat va dori vositalari milliy uyushmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Uchrashuvlar doirasida Afg‘oniston tadbirkorlar maslahat kengashi sog‘liq masalasi bo‘yicha o‘rinbosari doktor Muhammad Hoshim Vahaaj bilan ushbu mamlakatdagi xususiy shifoxonalarga dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnikalarni yurtimizdan import qilish, bemorlarni O‘zbekistonga davolashga yuborish masalasi muhokama etildi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi tibbiy mahsulotlar va davolash jarayonlari bilan tanishish maqsadida Afg‘oniston delegatsiyasi tashrifi amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Kobul Savdo va sanoat palatasi kengashi a’zosi Zabihullah Momen Zada bilan eksport-import masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0