"UzAuto Motors" avtosalonlarida yo‘q shartnoma uchun katta navbatlar hosil bo‘ldi

© Sputnik / Aktan TemirkanovOfis kompanii UzAuto v Tashkente. Arxivnoe foto
Ofis kompanii UzAuto v Tashkente. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
Obuna bo‘lish
"UzAuto Motors" ommabop modellarga shartnoma berish boshlangani haqidagi xabarlarni rad etdi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. "UzAuto Motors" kompaniyasi 30-oktabrdan boshlab avtomobillar xarid qilish bo‘yicha shartnomalar qayta tiklanishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Chevrolet Gentra", "Cobalt" va "Damas" avtomobillari uchun shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Shu bois avtosalonlarda katta navbatlar hosil bo‘ldi.
“Bugun bir qancha avtoixlosmandlar avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangani to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga kelishgani sababli katta navbatlar yuzaga keldi", - deyilgan "UzAuto Motors" xabarida.
Kompaniya sotuv boshlanganligi to‘g‘risida va boshqa murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni "UzAuto Motors"ning rasmiy kanallaridan olish mumkinligini eslatgan.
Milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
"Tracker" va "Onix" xaridorlari soni ma’lum bo‘ldi — ularning qay biri ko‘proq sotildi?
Yangiliklar lentasi
0