"Tracker" va "Onix" xaridorlari soni ma’lum bo‘ldi — ularning qay biri ko‘proq sotildi?

© UzAuto MotorsMilliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili
Milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
"UzAuto Motors" avtomobillarning yangilangan kontraktatsiyalarning ilk kungi natijalarini e’lon qildi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik Yangilangan "Chevrolet Tracker" va "Onix" avtomobillarining sotuvi boshlangan ilk kunning o‘zida 24 878 tadan ortiq shartnomalar imzolandi, deya xabar berdi "O‘zavtosanoat".
Yangilangan "Chevrolet Tracker" va "Onix" avtomobillari sotuvi boshlandi — narxlar
Qayd etilishicha, 24 878 tadan ortiq shartnomalarning 21 489 donaga yaqini "Chevrolet Tracker" avtomobil modeli uchun tuzilgan.
"Chevrolet Tracker "- xaridorlar "Tracker"ning Plus va Redline turlarini afzal ko‘rishmoqda. 65% shartnoma avtomobilning aynan ushbu turlarini xarid qilish uchun tuzilgan.
"Chevrolet Onix" - mazkur avtomobil sotuvi bilan ham aynan shunday. Yangi komplektatsiyalari uchun tuzilgan shartnomalar 75% ni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0