https://oz.sputniknews.uz/20231026/mirziyoev-qozogiston-parlamenti-majlisi-raisini-qabul-qildi-40378693.html
Mirziyoyev Qozog‘iston parlamenti Majlisi raisini qabul qildi
Mirziyoyev Qozog‘iston parlamenti Majlisi raisini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
2023-10-26T18:30+0500
2023-10-26T18:30+0500
2023-10-26T18:34+0500
siyosat
o‘zbekiston
qozog‘iston
shavkat mirziyoyev
uchrashuv
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40377275_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f020bac3792d37d56f22db9b907f642a.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston parlamenti Majlisi raisi Yerlan Koshanovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv avvalida Qozog‘iston Majlisining raisi Mirziyoyevga Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qozog‘iston Parlamenti Majlisi o‘rtasidagi Parlamentlararo kengashning bugun bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishining samarali natijalari alohida qayd etildi.Qonun ijodkorligi faoliyati sohasida, o‘z-o‘zini boshqarish organlarini rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tajriba almashish, shu jumladan yosh deputatlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida belgilab olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20231026/ozbekiston-va-qozogiston-parlamentlararo-hamkorlikni-mustahkamlashga-kelishib-oldi-40357645.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40377275_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_53ca2230c46495336a0361b7d601c277.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev qozog‘iston parlamenti majlisi raisini qabul qildi
mirziyoyev qozog‘iston parlamenti majlisi raisini qabul qildi
Mirziyoyev Qozog‘iston parlamenti Majlisi raisini qabul qildi
18:30 26.10.2023 (yangilandi: 18:34 26.10.2023) Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston parlamenti Majlisi raisi Yerlan Koshanovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Qozog‘iston Majlisining raisi Mirziyoyevga Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qozog‘iston Parlamenti Majlisi o‘rtasidagi Parlamentlararo kengashning bugun bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishining samarali natijalari alohida qayd etildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni so‘zsiz bajarish, hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish maqsadida yaqin parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Qonun ijodkorligi faoliyati sohasida, o‘z-o‘zini boshqarish organlarini rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tajriba almashish, shu jumladan yosh deputatlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida belgilab olindi.