O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanO‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qozog‘iston Parlamenti Majilisi o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik kengashining Nizomi imzolandi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Bugun, 26-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Qozog‘iston parlamenti Majilisi raisi Yerlan Koshanov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida delegatsiya a’zolariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, uning doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish va uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Koshanov ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu yo‘nalishdagi muloqotlarni ko‘paytirish har tomonlama foydali ekanini qayd etdi.
“Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga kelishib oldilar”, - deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qozog‘iston parlamenti Majilisi o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik kengashining Nizomi imzolandi.
Shu kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Qozog‘iston parlamenti Majilisi o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha Kengashning birinchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar, ekologiya, energetika va suv resurslari va boshqa sohalardagi aloqalar ko‘lamini tobora kengaytirib borish lozimligi qayd etilib, mazkur yo‘nalishda ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0