https://oz.sputniknews.uz/20231026/maktab-oquvchilari-orasida-eng-mashhur-togaraklar-qaysilar-40339058.html
Maktab o‘quvchilari orasida eng mashhur to‘garaklar qaysilar
Maktab o‘quvchilari orasida eng mashhur to‘garaklar qaysilar
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda respublika bo‘ylab barcha viloyat, shahar va tumanlarda jami 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 7 ta yo‘nalish bor. Yo‘nalishlarning xar birida 10 tadan oshiqroq to‘garak mavjud. Shunda umumiy 79 turdagi to‘garak bor. Mazkur to‘garaklardan o‘quvchilar uchun 10 472 ta guruh tuzilgan. Ularga 306 310 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilgan
2023-10-26T11:12+0500
2023-10-26T11:12+0500
2023-10-26T18:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1a/30268595_0:102:1280:822_1920x0_80_0_0_ab9d924430ebae64f7f0718a36746170.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Maktab o‘quvchilari hunarmandchilik, ta’lim va san’at yo‘nalishlaridagi to‘garaklarga ko‘proq qatnashmoqda. Bu haqda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Yo‘ldoshxo‘ja Akbarov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ta’lim muassasalari tomonidan bir qator darsdan tashqari mashg‘ulotlar va to‘garaklar tashkil etilgan. To‘garaklar yo‘nalishlar kesimida:Akbarovning ta’kidlashicha, hozir o‘quvchilar eng ko‘p qiziqish bildirayotgan yo‘nalishlar hunarmandchilik va qo‘l mehnati to‘garaklari, oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov to‘garaklari va madaniyat va san’at to‘garaklaridir.Umumta’lim maktablarida 6 291 ta to‘garakka 185 097 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilgan bo‘lsa, mahallalarda 318 ta to‘garakka 8 614 nafar o‘quvchi qatnashmoqda.Imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus maktab internatlarda 361 ta to‘garak tashkil etilib, ularga 9 926 kishi jalb qilingan.Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim muassasalarda 208 ta to‘garakka 5 546 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilgan bo‘lsa, mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida 58 ta to‘garakka 1 100 nafar yoshlar jalb qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20231023/kuzgi-tatil-maktab-oquvchilari-musobqa-togarak-spektakl-40234619.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1a/30268595_103:0:1240:853_1920x0_80_0_0_ac9eba8fa3d144279a19d1d213883875.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston maktab to‘garaklar bolalar uchun mashhur
o‘zbekiston maktab to‘garaklar bolalar uchun mashhur
Maktab o‘quvchilari orasida eng mashhur to‘garaklar qaysilar
11:12 26.10.2023 (yangilandi: 18:36 26.10.2023) O‘quvchilar hunarmandchilik va qo‘l mehnati, oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov, madaniyat va san’at to‘garaklariga ko‘proq borishmoqda.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Maktab o‘quvchilari hunarmandchilik, ta’lim va san’at yo‘nalishlaridagi to‘garaklarga ko‘proq qatnashmoqda. Bu haqda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Yo‘ldoshxo‘ja Akbarov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ta’lim muassasalari tomonidan bir qator darsdan tashqari mashg‘ulotlar va to‘garaklar tashkil etilgan.
"Hozirda respublika bo‘ylab barcha viloyat, shahar va tumanlarda jami 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 7 ta yo‘nalish bor. Yo‘nalishlarning xar birida 10 tadan oshiqroq to‘garak mavjud. Shunda umumiy 79 turdagi to‘garak bor. Mazkur to‘garaklardan o‘quvchilar uchun 10 472 ta guruh tuzilgan. Ularga 306 310 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilgan”, – dedi Akbarov.
To‘garaklar yo‘nalishlar kesimida:
madaniyat va san’at – 1 516 ta to‘garak (42 636 kishi);
texnika, konstruktorlik va modellashtirish - 1 211 ta to‘garak (34 202 kishi);
jismoniy tarbiya va sport – 887 ta to‘garak (25 049 kishi);
hunarmandchilik va qo‘l mehnati – 2 807 ta to‘garak (87 596 kishi);
turizm va ekologiya – 1 160 ta to‘garak (35 128 kishi);
oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov kurslari – 2 147 ta to‘garak (59 653 kishi);
xorijiy tillar – 744 ta to‘garak (22 046 kishi).
Akbarovning ta’kidlashicha, hozir o‘quvchilar eng ko‘p qiziqish bildirayotgan yo‘nalishlar hunarmandchilik va qo‘l mehnati to‘garaklari, oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov to‘garaklari va madaniyat va san’at to‘garaklaridir.
Umumta’lim maktablarida 6 291 ta to‘garakka 185 097 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilgan bo‘lsa, mahallalarda 318 ta to‘garakka 8 614 nafar o‘quvchi qatnashmoqda.
Imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus maktab internatlarda 361 ta to‘garak tashkil etilib, ularga 9 926 kishi jalb qilingan.
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim muassasalarda 208 ta to‘garakka 5 546 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilgan bo‘lsa, mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida 58 ta to‘garakka 1 100 nafar yoshlar jalb qilingan.