Kuzgi ta’til: maktab o‘quvchilarini qanday tadbirlar kutmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishShaxmat
Shaxmat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
Maktablarda I chorak yakunlanmoqda. Shu munosabat bilan o‘quvchilar kuzgi ta’tilga 4-noyabrdan chiqishadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Yo‘ldoshxo‘ja Akbarovning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, ta’til kunlari turli musobaqalar va respublika bo‘ylab sayohat tashkil etiladi.

“Kuzgi ta’til davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 2 ta respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Ular stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha “Aktiv sport” respublika musobaqasi hamda “Tasviriy san’at” yo‘nalishida “Bolalarga bering dunyoni” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi. Musobaqalarda ishtirok etishni istagan o‘quvchilar joylardagi filiallarimizga murojaat etishlari mumkin” — dedi Akbarov.

Bundan tashqari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan iqtidorli to‘garak a’zolari uchun respublika bo‘ylab mashhur qadamjolarga sayyohat uyushtirish rejalashtirilgan.

"Iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida Toshkentdan Samarqand va Namangandagi qadamjolarga avtobus orqali bepul sayyohatlar tashkil etiladi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Kuzgi ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va bir vaqtning o‘zida maqsadli o‘tkazish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktablari 79 turdagi to‘garaklar o‘z faoliyatini davom ettiradi. Ularda madaniyat va san’at, texnika, konstruktorlik va modellashtirish, jismoniy tarbiya va sport, hunarmandchilik va qo‘l mehnati, turizm va ekologiya yo‘nalishlaridagi to‘garaklar bor. Bundan tashqari, xorijiy tillar kurslari va oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov kurslari mavjud.
Shuningdek, Toshkentdagi bir qator teatrlarda bolalar uchun turli spektakllar namoyishi ham rejalashtirilgan.
Kuzgi ta’tilda namoyish etiladigan spektakllar:
3 noyabr - “Zarafshon” konsert zalida o‘zbek drama teatri artistlari ishtirokida “Sindbad-morexod” (Dengizchi Sinbod) spektakli, soat 12:00 da. Chipta narxi: 30 000 so‘mdan, 35 000 so‘mgacha;
3 noyabr - "Ilhom" teatrida “Yo‘lbars” (Tigr) spektakli. Soat 19:00 da.
3 noyabr - "Ilhom" teatrida “O‘g‘lim” (Sin) spektakli. Soat 19:00 da.
4-5 noyabr O‘zbek davlat sirkida “Mamont yurti” (Zemlya mamonta) nomli sirk etno-shousi.
4-5 noyabr - Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida "Lazgi. Qalb va sevgi raqsi" nomli spektakl, soat 19:00 da. Chipta narxi: 200 ming so‘mdan, 1 million so‘mgacha.
4-5 noyabr - Temiryo‘lchilar markaziy madaniyat saroyida “Teplo-Market” hunarmandchilik yarmarkasi. Soat 12:00 dan 21:00 gacha. Kirish: bepul.
5 noyabr - O‘zbekiston rus akademik drama teatrida “Ayiq. Izhor” (Medved. Predlojenie) nomli spektakl namoyish qilinadi. Soat 17:00 dan 18:40 gacha.
8 noyabr - O‘zbekiston rus akademik drama teatrida “Yolg‘iz qayiq” (Odinokaya lodka) nomli spektakl namoyish qilinadi. Soat: 18:30 dan 20:30 gacha.
8 noyabr - Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida “Romansi Glinki, Chaykovskogo i Raxmaninova” nomli spektakli. Soat 18:00 da boshlanadi.
9 noyabr - O‘zbekiston rus akademik drama teatrida “Bankrot, ili svoi lyudi - sochtemsya!” nomli spektakli. Soat: 18:30 dan 20:30 gacha.
4,5,14 noyabr kunlari - "Ilhom" teatrida “Yer osti qizlari” (Podpolnie devochki) spektakli. Soat 19:00 da boshlanadi.
10 noyabr - O‘zbekiston rus akademik drama teatrida komediya janridagi “Professor v zakone” spektakli. Soat: 18:30 dan 20:30 gacha.
Qolaversa, Ashxobod bog‘i, Do‘stlik bog‘i, Markaziy madaniyat va istirohat bog‘i, Toshkent Botanika bog‘i, Toshkent hayvonot bog‘i, "Magic city" ko‘ngilochar bog‘i, Anhor-Lokomotiv, Navro‘z bog‘i soat 10:00 dan 23:00 ga qadar ishlaydi.
Yangiliklar lentasi
0