https://oz.sputniknews.uz/20231024/ozbekiston-rossiya-yirik-korxona-poyabzal-tikish-40280257.html
O‘zbekiston korxonalari Rossiyaning yirik korxonasi uchun poyabzal tikishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston korxonalari Rossiyaning yirik korxonasi uchun poyabzal tikishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaning Kari brendidan buyurtmalar qabul qilish masalalarini muhokama qiladi.
2023-10-24T15:29+0500
2023-10-24T15:29+0500
2023-10-24T15:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
poyabzal
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/785/58/7855873_0:67:1281:787_1920x0_80_0_0_a3f74fe9e9281fba0589d90eb3397080.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston charm sanoati korxonalari Rossiyaning eng yirik poyabzal chakana savdo tarmog‘i “Kari”dan buyurtma qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan PQ-331-sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, mamlakatning tegishli idoralari O‘zbekistonga 30 dan ortiq poyabzal brendlarini jalb qilishi kerak. Unga ko‘ra, 2024-yilning iyun oyigacha "Adidas" (Germaniya), "Berkemann" (Germaniya), "Kari" (Rossiya), "Geox" (Italiya) va boshqa yirik poyabzal brendlari bilan muzokaralar o‘tkazish va soha korxonalariga buyurtmalar qabul qilish masalalarini muhokama qilish belgilangan.“O‘zcharmsanoat” uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat korxonalari 2023-yilda Rossiyaga mahsulot eksportini 1,4 barobarga oshirib, 60 million dollarga yetkazishi mumkin."Kari" 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u poyabzal, aksessuarlar va kiyim-kechaklarning xalqaro chakana savdosi bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaga sobiq “Eldorado” maishiy texnika va elektronika tarmog‘ining egasi Igor Yakovlev asos solgan.Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha ustida ish boshlagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20231018/charm-poyabzal-moyna-ishlab-chiqaruvchilar-40082092.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/785/58/7855873_70:0:1209:854_1920x0_80_0_0_fba7af1de8b0cc694ef925cae4984357.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya kari brend buyurtmalar prezidentning pq-331-sonli qarori adidas berkemann kari geox
o‘zbekiston rossiya kari brend buyurtmalar prezidentning pq-331-sonli qarori adidas berkemann kari geox
O‘zbekiston korxonalari Rossiyaning yirik korxonasi uchun poyabzal tikishni rejalashtirmoqda
15:29 24.10.2023 (yangilandi: 15:36 24.10.2023) O‘zbekiston Rossiyaning Kari brendidan buyurtmalar qabul qilish masalalarini muhokama qiladi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston charm sanoati korxonalari Rossiyaning eng yirik poyabzal chakana savdo tarmog‘i “Kari”dan buyurtma qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan
PQ-331-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, mamlakatning tegishli idoralari O‘zbekistonga 30 dan ortiq poyabzal brendlarini jalb qilishi kerak. Unga ko‘ra, 2024-yilning iyun oyigacha "Adidas" (Germaniya), "Berkemann" (Germaniya), "Kari" (Rossiya), "Geox" (Italiya) va boshqa yirik poyabzal brendlari bilan muzokaralar o‘tkazish va soha korxonalariga buyurtmalar qabul qilish masalalarini muhokama qilish belgilangan.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat korxonalari 2023-yilda Rossiyaga mahsulot eksportini 1,4 barobarga oshirib, 60 million dollarga yetkazishi mumkin.
"Kari" 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u poyabzal, aksessuarlar va kiyim-kechaklarning xalqaro chakana savdosi bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaga sobiq “Eldorado” maishiy texnika va elektronika tarmog‘ining egasi Igor Yakovlev asos solgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha ustida ish
boshlagan edi.