Charm-poyabzal va mo‘yna ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi – tafsilotlar

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaObuv izgotovlennaya uzbekskimi proizvoditelyami
Obuv izgotovlennaya uzbekskimi proizvoditelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Obuna bo‘lish
Eksport qiluvchi korxonalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim mahsulotlarni olib chiqishda 2025-yil 1-yanvarga qadar yig‘im undirilmaydi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti 11-oktabr kuni “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar berdi Norma.uz.
Qarorga ko‘ra, terini qayta ishlovchi korxonalar bilan chorvachilik klasterlari va chorva mollarini so‘yish kushxonalari, aholidan terini yig‘uvchi tadbirkorlik subyektlari va o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar o‘rtasida kooperatsiya tizimi joriy qilinadi.
Charm-poyabzal, mo‘ynachilik va ixtisoslashgan so‘yish korxonalarini tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari, istisno tariqasida, korxonalar tomonidan bir yil ichida har oy teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Tashkil etilgan 16 ta ixtisoslashgan charm-poyabzal kichik sanoat zonalarida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun:
elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi 25-yil muddatdan kelib chiqib, hisob-kitob qilinadi;
yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga aniqlangan boshlang‘ich narxining 10 foizi miqdorida chiqariladi;
elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblari tomonidan yer uchastkalari uchun mablag‘lar 3-yil davomida teng ulushlarda to‘lab beriladi.

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasida markazlashgan oqova suv tozalash inshootini qurish uchun respublika budjetidan 10-yil muddatga 50 mlrd so‘mgacha ssuda ajratiladi.
Bunda, terini qayta ishlash korxonalari tomonidan markazlashgan oqova suv tozalash inshootini qurish va boshqarish uchun teng ulushlarda yagona korxona ta’sis etiladi hamda ushbu ssuda ikkinchi yildan boshlab yagona korxona tomonidan har yili teng ulushlarda respublika budjetiga qaytarib beriladi.
Eksport qiluvchi korxonalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonning bojxona chegarasi orqali mayda shoxli molning yarim tayyor charmini (TIF TN bo‘yicha 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda 2025-yil 1-yanvarga qadar yig‘im undirilmaydi.
Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mavjud resurslari doirasida eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida ular tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2-yil muddatgacha:
eksport hajmi 1 mln dollardan 2 mln dollargacha bo‘lganda - 1 mln dollargacha;
eksport hajmi 2 mln dollardan 4 mln dollargacha bo‘lganda - 2 mln dollargacha;
eksport hajmi 4 mln dollardan ortiq bo‘lganda - 3 mln dollargacha miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi. Bunda, moliyaviy resurslar yillik 4 foiz stavkadan (shundan 2 foizi bank marjasi) oshmagan holda taqdim etiladi.
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohasi korxonalari tomonidan xorijda savdo uyi va do‘konini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSh dollarigacha mablag‘ni chet elga o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, hujjat bilan 2024-2026 yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish va xorijiy brendlar bilan hamkorlik o‘rnatish dasturi tasdiqlandi.
“Karavan SK” kompaniyasi O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha boshladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda charm-poyabzal sohasida yangi loyiha boshladi
Yangiliklar lentasi
0