Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi — xarita

© Sputnik/Abdubakir YunusovPerekritie dvijenie avtomobilnoy dorogi v Tashkente.
Perekritie dvijenie avtomobilnoy dorogi v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Obuna bo‘lish
Bobur ko‘chasining Toshkent Xalqaro aeroportidan Muqimiy va Nukus ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasi qisman yopiladi, deya xxabar berdi poytaxt hokimligi.
Bobur ko‘chasining Toshkent xalqaro aeroportidan Muqimiy va Nukus ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
© Xokimiyat goroda Tashkenta Ulitsa Babura budet chastichno perekrita
Ulitsa Babura budet chastichno perekrita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Ulitsa Babura budet chastichno perekrita
Shu sababli yo‘lning bir tomoni 20-oktabr kuni soat 10:00 dan 25-oktabr kunigacha transport harakati uchun yopiladi, har ikki yo‘nalishda harakatlanish yo‘lning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi.
Xabarda haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, bugundan Shayxontohur tumani Botir Zokirov (Olmazor) ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ham yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli yo‘lning bir tomoni joriy yilning 20-oktabr soat 06:00 dan 22-oktabr 06:00 gacha transport harakati uchun yopiladi.
Yangiliklar lentasi
0