“Silk Avia”ning 100 foiz ulushi "Uzbekistan Helicopters" ustav kapitaliga o‘tkazildi

© Press-slujba Uzbekistan AirportsSamolet Uzbekskix avialiniy. Arxivnoe foto.
Samolet Uzbekskix avialiniy. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2023
Obuna bo‘lish
“Uzbekistan Helicopters” zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish vazifasi yuklanmoqda.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. “Silk Avia” aviakompaniyasining 100 foiz ulushi "Uzbekistan Helicopters" ustav kapitaliga o‘tkazildi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan PQ-337 sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, “Silk Avia” MChJ ustav kapitalidagi “Uzbekistan Airports” AJning 100 foiz ulushini uning brendini saqlab qolgan holda “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MChJ ustav kapitaliga o‘tkaziladi.
“Uzbekistan Airports”ning 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemasi “Silk Avia”ga beg‘araz beriladi. “Silk Avia” faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida “ATR72-600” rusumli havo kemalari soni oshiriladi.
“Uzbekistan Airways” tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish vazifasi yuklanmoqda. Shuningdek, hujjat bilan parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda “ATR72-600” rusumli havo kemalari parkini rivojlantirishi ham belgilandi.
Ma’lumot uchun, "Uzbekistan Helicopters" O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Hozirda “Uzbekistan Helicopters” mahalliy yo‘nalishlarda parvozlar, yuk transporti, aerofotoga parvozlar, tashqi suspenziya, tog‘ chang‘isi, qishloq xo‘jaligi yerlari ustidan o‘tish kabi xizmatlarni taklif etadi.
Yangiliklar lentasi
0