https://oz.sputniknews.uz/20231019/raqamli-hukumat-markazi-va-byd-ortasida-shartnoma-imzolandi-40097333.html
Raqamli hukumat markazi va BYD o‘rtasida shartnoma imzolandi
Raqamli hukumat markazi va BYD o‘rtasida shartnoma imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori Aziz Muhitdinov Xitoyning “BYD Auto Industry Co., Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2023-10-19T09:29+0500
2023-10-19T09:29+0500
2023-10-19T11:51+0500
o‘zbekiston
xitoy
hamkorlik
raqamli texnologiyalar vazirligi
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40097469_324:282:968:644_1920x0_80_0_0_76baa3bf1fba6069db568a73e6d68b03.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Raqamli hukumat markazi va BYD kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi “Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun Xitoyga borgan edi.“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori Aziz Muhitdinov Xitoyning “BYD Auto Industry Co., Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ushbu shartnomada O‘zbekiston hududida “BYD Auto Industry Co., Ltd” tomonidan sotiladigan avtomashinalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari va avtomobillardagi yordamchi assistent hamda aktual dasturiy ta’minotlarni doimiy ravishda yangilab borish ko‘zda tutilgan.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40097469_243:161:1033:753_1920x0_80_0_0_3decbe2cf58910b191dee87b00652a02.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqamli hukumat markazi byd
raqamli hukumat markazi byd
Raqamli hukumat markazi va BYD o‘rtasida shartnoma imzolandi
09:29 19.10.2023 (yangilandi: 11:51 19.10.2023) “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori Aziz Muhitdinov Xitoyning “BYD Auto Industry Co., Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Raqamli hukumat markazi va BYD kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi “Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun Xitoyga borgan edi.
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori Aziz Muhitdinov Xitoyning “BYD Auto Industry Co., Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra, “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “BYD Auto Industry Co., Ltd” o‘rtasida “Elektron hukumat” tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Ushbu shartnomada O‘zbekiston hududida “BYD Auto Industry Co., Ltd” tomonidan sotiladigan avtomashinalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari va avtomobillardagi yordamchi assistent hamda aktual dasturiy ta’minotlarni doimiy ravishda yangilab borish ko‘zda tutilgan.