https://oz.sputniknews.uz/20231019/ozbekistonlik-shifokorlar-samara-davlat-tibbiyot-universiteti-markazida-malaka-oshiradi-40126283.html
O‘zbekistonlik shifokorlar Samarada malaka oshiradi
O‘zbekistonlik shifokorlar Samarada malaka oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yili 20 nafar o‘zbekistonlik shifokorni malaka oshirish uchun Samara davlat tibbiyot universitetining Neyropsixiatriya xalqaro ilmiy-ta’lim markaziga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
2023-10-19T15:33+0500
2023-10-19T15:33+0500
2023-10-19T16:28+0500
o‘zbekiston - rossiya
hamkorlik
samara
shifokor
malaka oshirish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1c/29550388_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b428972e0cb8e1e8227a69c67dba08ec.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik shifokorlar Samara davlat tibbiyot universitetining xalqaro markazida malaka oshiradi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ayni kunlarda Toshkentda “Neyropsixiatriyada diagnostika va davolashning innovatsion yondashuvlari: aholining zaif qatlamlariga e’tibor va professional hamkorlikning afzalliklari” xalqaro ilmiy-ta’lim loyihasi amalga oshirilmoqda.Loyiha doirasida tashkil etilgan o‘quv kurslarining ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova, tibbiyot oliygohlari, hududiy tibbiyot muassasalari mas’ullari, psixiatriya sohasidagi yetakchi olim va ekspertlar hamda Rossiya Federatsiyasining Samara davlat tibbiyot universiteti vakillari ishtirok etdi.Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Samara davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida psixiatriya va narkologik yordam, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, mahorat darslari va anjumanlar tashkil etish, telemeditsina kabi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha bitim imzolandi.Bundan tashqari, 21-oktabrga qadar davom etadigan ushbu loyiha yakunida eng faol uch nafar qatnashchi 2024-yilda Samarqanddagi Psixiatriya maktabida o‘qish uchun grant olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
samara
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1c/29550388_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_060bd6d928e9cb089efd56d5579f4dfe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonlik shifokorlar samara davlat tibbiyot universiteti
o‘zbekistonlik shifokorlar samara davlat tibbiyot universiteti
O‘zbekistonlik shifokorlar Samarada malaka oshiradi
15:33 19.10.2023 (yangilandi: 16:28 19.10.2023) Kelgusi yili 20 nafar o‘zbekistonlik shifokorni malaka oshirish uchun Samara davlat tibbiyot universitetining Neyropsixiatriya xalqaro ilmiy-ta’lim markaziga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik shifokorlar Samara davlat tibbiyot universitetining xalqaro markazida malaka oshiradi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Ayni kunlarda Toshkentda “Neyropsixiatriyada diagnostika va davolashning innovatsion yondashuvlari: aholining zaif qatlamlariga e’tibor va professional hamkorlikning afzalliklari” xalqaro ilmiy-ta’lim loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida tashkil etilgan o‘quv kurslarining ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova, tibbiyot oliygohlari, hududiy tibbiyot muassasalari mas’ullari, psixiatriya sohasidagi yetakchi olim va ekspertlar hamda Rossiya Federatsiyasining Samara davlat tibbiyot universiteti vakillari ishtirok etdi.
Loyiha Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan O‘zbekiston psixiatrlar assotsiatsiyasi va Samara davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyiha zamonaviy psixiatriya, narkologiya, psixofarmakoterapiya, psixoterapiya, tibbiy psixologiya, psixiatriya va narkologik yordamni tashkil etishning dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashishga qaratilgan.
Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Samara davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida psixiatriya va narkologik yordam, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, mahorat darslari va anjumanlar tashkil etish, telemeditsina kabi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha bitim imzolandi.
Shuningdek, kelgusi yili 20 nafar o‘zbekistonlik shifokorni malaka oshirish uchun Samara davlat tibbiyot universitetining Neyropsixiatriya xalqaro ilmiy-ta’lim markaziga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, 21-oktabrga qadar davom etadigan ushbu loyiha yakunida eng faol uch nafar qatnashchi 2024-yilda Samarqanddagi Psixiatriya maktabida o‘qish uchun grant olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.