O‘zbekistonda davlat boshqaruvidagi rahbar ayollar
19:56 19.10.2023 (yangilandi: 13:49 20.10.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekistonda davlat boshqaruvidagi rahbar ayollar
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda rahbar ayollar davlat siyosatini shakllantirish va turli sohalarda qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etmoqda.
"Yuksalish" umummilliy harakati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi 33 foizga teng. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.
Ziroatxon Mirziyoyeva
© AFP 2023 / SARAH MEYSSONNIERZiroatxon Mirziyoyeva
Ziroatxon Mirziyoyeva
© AFP 2023 / SARAH MEYSSONNIER
Ziroatxon Mirziyoyeva 1957-yil Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston prezidentining rafiqasi va mamlakatning birinchi xonimi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida tahsil olgan. Mutaxassisligi - muhandis-iqtisodchi. Bugungi kunda “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva 1984-yil 4-noyabrda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq fakulteti bakalavriatini, Toshkent davlat yuridik universitetining huquq magistri (2008), Moskva davlat universitetining iqtisod magistri (2010) ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Moskva davlat universiteti qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazida ilmiy xodim sifatida boshlagan. Hozirda Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Galina Saidova
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGalina Saidova
Galina Saidova
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Galina Saidova 1956-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. U Samarqand kooperativ institutini (hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti) iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 1987-1991 yillarda O‘zbekiston SSR Davlat qo‘mitasining iste’mol tovarlari savdosi va xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2011-2017 yillarda Iqtisodiyot vaziri bo‘lgan. 2017-yildan buyon prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lib ishlamoqda.
Tanzila Narbayeva
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaTanzila Kamalovna Narbayeva
Tanzila Kamalovna Narbayeva
© Press-slujba Senata Oliy Majlisa
Tanzila Narbayeva 1957-yil 24-iyulda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. U 1981-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1974-yilda Shahrixon tumanidagi 1-sonli maktabda yoshlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis sifatida boshlagan. Hozir O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi.
Hilola Umarova
Hilola Umarova 1988-yil Germaniya Demokratik Respublikasining Veymar shahrida tug‘ilgan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - tashqi iqtisodiy faoliyat. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi ilmiy xodimi. U mehnat faoliyatini 2014-yil Toshkent shahridagi Inha universitetida I toifali mutaxassis sifatida boshlagan. Hozir Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri sifatida faoliyat olib bomoqda.
Agrepina Shin
© Press-slujba Minprosvesheniya RossiiAgrepina Shin
Agrepina Shin
Agrepina Shin 1958-yil 29-dekabrda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini 1980-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida muhandis sifatida boshlagan. 1987-2017 yillarda Agripina Shin Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida ishlagan. 2015-yilda Oliy Majlis Senati deputati etib saylangan. 2017-yil 19-oktabrda maktabgacha ta’lim vaziri bo‘lgan. Hozir u maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari.
Elmira Bositxonova
© Jenskiy komitet UzbekistanaElmira Bositxonova
Elmira Bositxonova
© Jenskiy komitet Uzbekistana
Elmira Bositxonova 1958-yil 10-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1981-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining “davolash ishi” fakultetini tamomlagan. 1981-2011 yillarda Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasida dastlab ordinator, so‘ngra anesteziolog-reanimatolog, keyinchalik bo‘lim mudiri, bosh vrach bo‘lib ishlagan. 2020-yil fevral oyida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020-yilning 3-iyulidan Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Hozir sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.
Feruza Eshmatova
Feruza Eshmatova 1979-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U 2000-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan va 2002-2015 yillarda mazkur universitetda ishlagan. Feruza Eshmatova 2015-yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputat, 2020-yilda esa Oliy Majlisi Senati deputati etib saylangan hamda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasiga rahbarlik qilgan. Hozirda Eshmatova Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman).
Surayyo Rahmonova
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Surayyo Rahmonova
Surayyo Rahmonova
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa
Surayyo Rahmonova 1978-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2000-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavr, 2002-yilda esa magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2015-yilda dotsent ilmiy unvoni, 2018-yilda yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Surayyo Rahmonova 2018-2019 yillarda Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmatida bo‘lim boshlig‘i va rahbari, 2019-yildan AOKA bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan, 2022-yildan Senatning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirda Surayyo Rahmonova Oliy Majlisning bolalar huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) sifatida faoliyat olib bormoqda.
Ozoda Parpiboyeva
© Upravlenie vnutrennix del Surxandarinskoy OblastiOzoda Parpiboyeva
Ozoda Parpiboyeva
© Upravlenie vnutrennix del Surxandarinskoy Oblasti
Ozoda Parpiboyeva 1968-yil 23-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1989-yil Toshkent davlat pedagogika institutinining pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha, shuningdek, 2009-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (magistr)ni tamomlagan. Hozirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Gayane Umerova
© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaGayane Umerova
Gayane Umerova
Gayane Umerova 1985-yil 22-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2008-yilda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, 2012-yilda esa Sotheby’s San’at instituti va Manchester universitetini tugatgan. 2008-yildan 2017-yilga qadar Gayane Umerova O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasining Ko‘rgazmalar va jamg‘armalar bo‘limida yetakchi mutaxassis, 2017-2020 yillarda esa Madaniyat vazirligi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasining moliya boshqaruvi bo‘limi boshlig‘i, ijrochi direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Hozir u Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi.
Svetlana Artikova
Svetlana Artikova 1962-yilning 1-yanvarida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat universiteti (Milliy universitet)ning yuridik fakultetini tamomlagan. 1980-1988 yillarda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanlararo prokuraturasi inspektori lavozimida ishlagan. 1988-1990 yillarda Namangan shahar prokurori katta yordamchisi bo‘lgan. 2010-yil 22-yanvarda Svetlana Artikova Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga rahbarlik qilgan. 2014-yildan Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Hozirda Artikova bosh prokuror o‘rinbosari sifatida mehnat qilmoqda.
Dilfuza Uralova
© Xokimiyat Bayovutskogo rayona Sirdarinskoy oblastiDilfuza Uralova
Dilfuza Uralova
© Xokimiyat Bayovutskogo rayona Sirdarinskoy oblasti
Dilfuza Uralova 1968-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. U 1990-yil Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2010-2015 yillar mobaynida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2015-2017 yillar mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. Hozir Boyovut tumani hokimi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Sanobar Nosirova
© press-slujba Xokimiyata Andijanskoy oblastiSanobarxon Nosirova
Sanobarxon Nosirova
© press-slujba Xokimiyata Andijanskoy oblasti
Sanobarxon Nosirova 1970-yilda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. U 1992-yil Andijon paxtachilik institutini, 2005-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-yili Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Savoy qishloq xo‘jalik texnikumida o‘qituvchilikdan vazifasidan boshlagan. 1995-2008 yillarda “G‘allabank”ning Qo‘rg‘ontepa tumani filialida kassir, bosh hisobchi, boshqaruvchi vazifalarida ishlagan. 2008-2012 yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani “Buyuk turon invest” kredit uyushmasining ijrosi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Hozir Andijon viloyati Bo‘ston tumani xokimi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Nilufar Allabergenova
© press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayonaNilufar Allabergenova
Nilufar Allabergenova
© press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona
Nilufar Allabergenova 1971-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Nilufar Allabergenova qator mas’ul lavozimlarda, jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek viloyatlari prokurori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019-yilda Yakkasaroy tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritgan. Hozir Toshkent shahar Yakkasaroy tumani xokimi lavozimida faoliyat olib bormoqda.