https://oz.sputniknews.uz/20231019/ozbekiston-startap-kompaniyalar-eron-40146342.html
O‘zbekistondagi startap kompaniyalar Eron bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistondagi startap kompaniyalar Eron bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda o‘zbek startap kompaniyalari Eron bozoriga kirishi yo‘lga qo‘yiladi.
2023-10-19T19:28+0500
2023-10-19T19:28+0500
2023-10-19T19:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
eron
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40144518_24:0:1150:634_1920x0_80_0_0_102aeb51c58d8e2c32f0c0a9fa005fc6.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi startap kompaniyalar Eron bozoriga kirishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.O‘zbekiston va Eron fan hamda texnologiyalar sohasida hamkorlik guruhi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Eron Islom Respublikasining fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Ruhulloh Dehqoni Feruzobodiy tomonidan ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash, mintaqada ekologik innovatsiyalarni yanada ko‘paytirish borasida ham hamkorlikka erishildi.O‘zbekistonlik olimlar, ekologlar va tadqiqotchilar Erondagi Urmiya ko‘lining qurishi oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha Eron tajribasini o‘rganishadi. Bu maqsadda eronlik mutaxassislar ham O‘zbekistonga keladi.Bundan tashqari, tomonlar ikki mamlakat yosh olimlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish, jumladan, o‘zbekistonlik yosh olimlar uchun Eroning yetakchi ilmiy muassasalari va yuqori texnologik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka dasturlarini davom ettirishlari uchun sharoit yaratiladi.Oliygohlar o‘rtasida innovatsion faoliyat bo‘yicha hamkorlik Samarqand davlat universiteti qoshida O‘zbek-Eron texnologik parkini tashkil etishdan boshlanishi qayd etildi. Ushbu loyihani ikki tomon birgalikda moliyalashtiradi.
o‘zbekiston
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40144518_111:26:1081:753_1920x0_80_0_0_49c3729dcca97d77702a3bd3718a43fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston startap kompaniyalar eron bozor ibrohim abdurahmonov eron islom respublikasining fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti ruhulloh dehqoni feruzobodiy
o‘zbekiston startap kompaniyalar eron bozor ibrohim abdurahmonov eron islom respublikasining fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti ruhulloh dehqoni feruzobodiy
O‘zbekistondagi startap kompaniyalar Eron bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
Endilikda o‘zbek startap kompaniyalari Eron bozoriga kirishi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi startap kompaniyalar Eron bozoriga kirishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
xabar berdi. O‘zbekiston va Eron fan hamda texnologiyalar sohasida hamkorlik guruhi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Eron Islom Respublikasining fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Ruhulloh Dehqoni Feruzobodiy tomonidan ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
“Endilikda o‘zbek startap kompaniyalari Eron bozoriga kirishi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, startap qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash davom ettirilib, O‘zbekiston-Eron qo‘shma startaplar loyihalari tanlovining 2-bosqichi o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash, mintaqada ekologik innovatsiyalarni yanada ko‘paytirish borasida ham hamkorlikka erishildi.
O‘zbekistonlik olimlar, ekologlar va tadqiqotchilar Erondagi Urmiya ko‘lining qurishi oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha Eron tajribasini o‘rganishadi. Bu maqsadda eronlik mutaxassislar ham O‘zbekistonga keladi.
Bundan tashqari, tomonlar ikki mamlakat yosh olimlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish, jumladan, o‘zbekistonlik yosh olimlar uchun Eroning yetakchi ilmiy muassasalari va yuqori texnologik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka dasturlarini davom ettirishlari uchun sharoit yaratiladi.
“Hamkorlikning bu qismini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida 2024-yilda O‘zbekiston va Eron rektorlari forumini tashkil qilishga kelishildi. Ilk forumga Eron tomoni mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi”, — deyilgan xabarda.
Oliygohlar o‘rtasida innovatsion faoliyat bo‘yicha hamkorlik Samarqand davlat universiteti qoshida O‘zbek-Eron texnologik parkini tashkil etishdan boshlanishi qayd etildi. Ushbu loyihani ikki tomon birgalikda moliyalashtiradi.