O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi
10:00 19.10.2023 (yangilandi: 12:18 19.10.2023)
© NOKO‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi
© NOK
Obuna bo‘lish
Odil Abdurahmonov nomzodi O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi raisligiga ilgari surildi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonda aholi orasida jismoniy tarbiya va sport, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Kecha, 18-oktabr kuni, Milliy Olimpiya qo‘mitasida assotsiatsiyaning ilk konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
© NOKOsnovana Natsionalnaya assotsiatsiya zdorovogo obraza jizni i fitnesa Uzbekistana
© NOK
Tadbirni MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Unda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi departament rahbari Odil Abdurahmanov, yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Durdona Rahimova, Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, fintes va masrestling federatsiyasining mas’ullari ishtirok etishdi.
Oybek Kasimov yangi assotsiatsiyaning maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib, bu prezidentning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomalarida ilgari surgan Sog‘lom turmush tarzi harakatining amaliy natijasi bo‘lishini ta’kidladi.
© NOKOsnovana Natsionalnaya assotsiatsiya zdorovogo obraza jizni i fitnesa Uzbekistana
© NOK
Tadbirda Odil Abdurahmonov nomzodi O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi raisligiga ilgari surildi. Delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi va Abdurahmanov yangi tashkil etilgan assotsiatsiya raisi etib saylandi.
© NOKOsnovana Natsionalnaya assotsiatsiya zdorovogo obraza jizni i fitnesa Uzbekistana
© NOK
© NOKOsnovana Natsionalnaya assotsiatsiya zdorovogo obraza jizni i fitnesa Uzbekistana
© NOK
Shuningdek, assotsiatsiya raisi o‘rinbosarlarining tarkibi ham shakllantirib olindi. Unga ko‘ra, Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, shuningdek, Jahongir Navro‘zov, Mohir Karimov hamda Shohruh Daliyev assotsiatsiya raisining o‘rinbosarlari lavozimiga saylanishdi.