OTMlarning umumiy reytingi e’lon qilindi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAuditoriya. Illyustrativnoe foto
Auditoriya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi 98 ta oliy ta’lim muassasasining 2022-yildagi faoliyat samaradorligi baholandi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’lim muassasalarining (OTM) umumiy reytingini e’lon qildi.
Mazkur reytingda vazirlik ilk bor 98 ta oliy ta’lim muassasasining 2022-yildagi faoliyat samaradorligi baholadi.
OTMlar 4 ta sohaga ajratilgan holda saralandi:
Ijtimoiy-gumanitar soha — 35 ta;
Sana’at, madaniyat — 6 ta;
Tibbiyot sohasi — 9 ta;
Texnika, texnologiya, qurili, qishloq xo‘jaligi — 26 ta.
Qayd etilishicha, reytingni tuzishda 12 563 nafar talabaning fikrlari va mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilmlari o‘rganildi. Shuningdek, 31 379 nafar professor-o‘qituvchilarning chet tillarini bilish darajasi va 3 740 nafar ish beruvchilarning fikrlari so‘rovnoma asosida o‘rganildi.
Eng yuqori natija qayd etgan oliy ta’lim muassasalari:
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi;
Namangan muhandislik-texnologiya instituti;
Buxoro davlat tibbiyot instituti;
Farg‘ona politexnika instituti;
Namangan muhandislik-qurilish instituti;
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
Toshkent tibbiyot akademiyasi;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Toshkent moliya instituti.
Eng quyi natija qayd etgan oliy ta’lim muassasalari:
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti (yangi tashkil etilgan ta’lim muassasa);
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti (yangi tashkil etilgan ta’lim muassasa);
Andijon davlat chet tillari instituti (yangi tashkil etilgan ta’lim muassasa).
Yangiliklar lentasi
0