Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 19-oktabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota RSZO "Grad" na Xersonskom napravlenii.
Boyevaya rabota RSZO Grad na Xersonskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 19-oktabr hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Sinkovka, Ivanovka, Novoyegorovka va LXRning Makeyevka aholi punktlari hududlarida UQKning 14, 32, 115 mexanizatsiyalashgan, 68-yeger va 95-havo desant brigadalarining 11 ta hujumini qaytardi.
Operativ-taktik aviatsiya LXRning Nevskoe aholi punkti hududida dushmanning shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi. Kun davomida UQK yo‘qotishlari 70 nafargacha harbiy xizmatchi (halok bo‘ldi va yaralangan), bir tank, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashinani tashkil etdi. Artilleriyaga qarshi jang paytida "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari LXRning Chervonnaya Dibrava qishlog‘i hududida UQKning 6ta hujumini qaytardi. Armiya aviatsiyasi Torskoe, Yampolovka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 21, 63 mexanizatsiyalashgan brigadalari va Milliy gvardiyaning 40-polkining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi.
Dushmanning yo‘qotishlari 235 dan ortiq harbiy xizmatchi (halok bo‘ldi va yaralangan) , 3 ta zirhli jangovar mashina va uchta pikapni tashkil qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Klesheyevka aholi punkti hududida dushman hujumini qaytardi. DXRning Andreyevka, Kurdumovka, Yakovlevka va Vasukovka aholi punktlari hududlarida UQKning shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berildi. O‘tgan sutka davomida UQK jami 260 nafargacha harbiy xizmatchisini, bir tankni, ikkita zirhli jangovar mashinasini va to‘rtta avtomashisinani yo‘qotdi.
Artilleriyaga qarshi jang paytida ikkita "Msta-B", D-20 va ikkita D-30 gaubitsalari, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va AQShda ishlab chiqarilgan M119 to‘pi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari DXRning Ugledar, Novomixailovka va Staromayorskoe aholi punktlari hududida UQKning 72-mexanizatsiyalashtirilgan va 58-moto-o‘qchi brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Dushmanning yo‘qotishlari 190 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnika va uchta texnikani tashkil etdi.
Zaporojye yo‘nalishida Verbovoe qishlog‘i hududida Rossiya qo‘shinlari UQKning 82-havo-desant-desant brigadasi ikkita hujumni qaytardi. Bundan tashqari, Rabotino aholi punkti hududida UQK 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berildi. Kun davomida Ukrainaning 40 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi, ikkita tanki, beshta zirhli jangovar mashinasi va ikkita avtomobili yo‘q qilindi.
Artilleriyaga qarshi jang vaqtida Germaniyada ishlab chiqarilgan "Panzerhaubitze 2000" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, "Msta-B" va AQShda ishlab chiqarilgan M119 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida artilleriya zarbasi natijasida 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, to‘rtta texnika va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 154 ta hududda joylashgan shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Bundan tashqari, DXRning Avdeyevka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 110-mexanizatsiyalashgan brigadasining nazorat punkti vayron qilindi.
DXRning Troiskoe aholi punkti hududida qiruvchi samolyot Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Dnepropetrovsk shahri hududida Ukriananing Su-25 hujumchi samolyotini va Xarkov viloyati Zagrizovo qishlog‘i hududida Mi-8 vertolotini urib tushirdi.
Kun davomida AQShda ishlab chiqilgan JDAM boshqariladigan aviatsiya bombasi, yerdagi nishonlarga hujum qilish uchun o‘zgartirilgan ikkita S-200 zenit raketalari, shuningdek, o‘nta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS raketalari tutib olindi.
Xarkov viloyatining Olshana, DXRning Yegorovka, Soledar, Lyubovka, LXRning Kremennaya, Jitlovka, Zaporoje viloyatining Romanovskoe, Molchansk aholi punktlari hududlarida UQKning 61 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina 493 ta samolyot, 252 ta vertolot, 8065 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 12764 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1163 ta ko‘p raketali jangovar texnika, 6823 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 14 438 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0