https://oz.sputniknews.uz/20231019/ijtimoiy-himoya-muhtoj-aholi-ishonch-telefoni-40114477.html
Kelasi yildan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun “ishonch telefoni” ishga tushiriladi
Kelasi yildan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun “ishonch telefoni” ishga tushiriladi
Sputnik O‘zbekiston
2024 yil 1-yanvargacha ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.
2023-10-19T12:39+0500
2023-10-19T12:39+0500
2023-10-19T12:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qaror
nogironligi bo‘lgan shaxslar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21137048_0:316:3077:2047_1920x0_80_0_0_93adb7c64a8dd3db97f7c169c334ef35.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiquvchi “ishonch telefoni” ishga tushiriladi. Bu haqda Hukumat tomonidan qabul qilingan 539-sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.Shuningdek, shu yilning 15-oktabrdan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.Qolaversa, ijtimoiy xodimlarga fuqarolardan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha arizalarni qabul qilish vakolati beriladi.Himoyaga muhtoj bo‘lganlarning haqiqiy holati o‘rganiladi2024 yil 1-yanvardan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan bir yilda bir marotaba o‘rganiladi. O‘rganish ma’lumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuritib boriladi.Ijtimoiy xodimlar Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadi2024/2025 o‘quv yilidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘tkaziladigan “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan ijtimoiy xodimlar davlat oliy ta’lim muassasalariga “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.Moddiy yordam va ijtimoiy xizmatlarning hisobi yuritiladi2024 yil 1-iyuldan moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish orqali har bir fuqaro (oila) uchun belgilangan ijtimoiy to‘lovlar, taqdim etilgan imtiyozlar, shu jumladan, subsidiyalar, xizmatlar va yordamlarning har bir fuqaro kesimida “Ijtimoiy himoya” ATda hisobi yuritiladi. Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochilgan davlat jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar integratsiya qilinadi.Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan:
https://oz.sputniknews.uz/20230603/ijtimoiy-himoya-milliy-agentligi-35642625.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21137048_211:0:2940:2047_1920x0_80_0_0_0c45624973b2a9e62dcc2edc7ea920e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi murojaatlar “ishonch telefoni” hukumat 539-sonli qarori
o‘zbekiston ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi murojaatlar “ishonch telefoni” hukumat 539-sonli qarori
Kelasi yildan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun “ishonch telefoni” ishga tushiriladi
2024 yil 1-yanvargacha ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiquvchi “ishonch telefoni” ishga tushiriladi. Bu haqda Hukumat tomonidan qabul qilingan
539-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.
Shuningdek, shu yilning 15-oktabrdan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Qolaversa, ijtimoiy xodimlarga fuqarolardan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha arizalarni qabul qilish vakolati beriladi.
Himoyaga muhtoj bo‘lganlarning haqiqiy holati o‘rganiladi
2024 yil 1-yanvardan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan bir yilda bir marotaba o‘rganiladi. O‘rganish ma’lumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuritib boriladi.
Ijtimoiy xodimlar Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadi
2024/2025 o‘quv yilidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘tkaziladigan “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan ijtimoiy xodimlar davlat oliy ta’lim muassasalariga “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Moddiy yordam va ijtimoiy xizmatlarning hisobi yuritiladi
2024 yil 1-iyuldan moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish orqali har bir fuqaro (oila) uchun belgilangan ijtimoiy to‘lovlar, taqdim etilgan imtiyozlar, shu jumladan, subsidiyalar, xizmatlar va yordamlarning har bir fuqaro kesimida “Ijtimoiy himoya” ATda hisobi yuritiladi. Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochilgan davlat jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar integratsiya qilinadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan:
2023 yil 1-noyabrdan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar eksperiment tariqasida yo‘lga qo‘yiladigan tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlarida og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar uchun psixologik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etiladi;
2023 yil 15-noyabrgacha o‘zining tizimiga kiradigan tashkilotlarga tegishli bino va inshootlarga ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini, zaruratga ko‘ra, tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralari ko‘riladi;
2023 yil 1-dekabrgacha tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar integratsiyasi ta’minlanadi.