https://oz.sputniknews.uz/20231019/eoii-va-xitoy-ortasida-savdo-hajmi-28-baravar-osdi-eik-40120246.html
Xitoy YeOIIning transport va infratuzilma loyihalarida faolroq ishtirok etishi mumkin — YeIK
Xitoy YeOIIning transport va infratuzilma loyihalarida faolroq ishtirok etishi mumkin — YeIK
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy va Yevroosiyo ittifoqi orasida uzuluksiz transport aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida, YeIK transport-logistika megaloyiha konsepsiyasini ishlab chiqdi ... 19.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-19T16:49+0500
2023-10-19T16:49+0500
2023-10-19T18:17+0500
yeoii
o‘zbekiston va yeoii
xitoy
rossiya
yeik
bir kamar bir yo‘l
bir makon, bir yo‘l xalqaro forumi
agroekspress
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40130642_177:156:1239:754_1920x0_80_0_0_35f0b156c7850392e8c0f8ca096e175a.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Xitoy YeOIIning transport va infratuzilma loyihalarida faolroq ishtirok etishi mumkin. Bu haqida Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raisi Mixail Masnikovich Pekinda bo‘lib o‘tgan "Bir makon, bir yo‘l" forumida aytib o‘tdi. “Bizning birgalikdagi harakatlarimiz Yevroosiyoda uzluksiz transport aloqasini ta’minlashiga aminmiz. Shu maqsadda YeIK mutaxassislari YeOII va ShHT o‘rtasidagi hamkorlik doirasida transport-logistika megaloyihasi konsepsiyasini ishlab chiqdi va taqdim etdi”, — dedi YeIK raisi.YeOII va Xitoy hamkorligining yorqin namunasi sifatida YeIK raisi "Agroekspress" loyihasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tezkor yetkazib berish uchun mo‘ljallangan ushbu loyiha doirasida bir yilda Belarus va Rossiya viloyatlaridan Xitoy Xalq Respublikasiga 18,5 mingta konteyner jo‘natilgan. YeIK raisi, shuningdek, so‘nggi yillarda YeOII va Xitoy o‘rtasida o‘zaro savdo hajmi 2,8 baravar o‘sib, tarixiy rekord daraja — 220 milliard dollarga yetganini ham aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, kecha Pekinda bo‘lib o‘tgan "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusining uchinchi forumida so‘zga chiqan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Xitoy YeOII hamda "Bir makon, bir yo‘l" loyihalarini paralel va o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirishga kelishib olishganini ma’lum qilgan edi. O‘z navbatida Si Szinpin ham "Xitoy “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini YeOII bilan bog‘lash uchun Rossiya va YeOIIning boshqa a’zolari bilan hamkorlik qilishga tayyor" deb ushbu g‘oyani tasdiqladi. Pekinda 17-18 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusida 30 taga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, 120 davlatdan nufuzli delegatsiyalar ishtirok etdi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40130642_319:171:1133:782_1920x0_80_0_0_032ee1d44d20c03b5a3e636240b09720.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, xitoy, rossiya, yeik, bir kamar bir yo‘l, bir makon, bir yo‘l xalqaro forumi, agroekspress
yeoii, xitoy, rossiya, yeik, bir kamar bir yo‘l, bir makon, bir yo‘l xalqaro forumi, agroekspress
Xitoy YeOIIning transport va infratuzilma loyihalarida faolroq ishtirok etishi mumkin — YeIK
16:49 19.10.2023 (yangilandi: 18:17 19.10.2023) Xitoy va Yevroosiyo ittifoqi orasida uzuluksiz transport aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida, YeIK transport-logistika megaloyiha konsepsiyasini ishlab chiqdi — Masnikovich.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Xitoy YeOIIning transport va infratuzilma loyihalarida faolroq ishtirok etishi mumkin. Bu haqida Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raisi Mixail Masnikovich Pekinda bo‘lib o‘tgan "Bir makon, bir yo‘l" forumida
aytib o‘tdi.
"YeIK raisi xitoylik hamkorlarni YeOII va Xitoy orasidagi transport va infratuzilma bo‘yicha qo‘shma loyihalarda faolroq ishtirok etishga taklif qildi. Masnikovichning ta’kidlashiga ko‘ra, YeOIIda buning uchun zarur zamin yaratilgan. Xususan, 2022-yil avgust oyida Ittifoq hukumat rahbarlari transport sohasida yettita ustuvor integratsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi va ishlar ko‘lami belgilab olindi. Belarus va Xitoy o‘rtasida yirik transport loyihalari ishga tushgan", - deyiladi xabarda.
“Bizning birgalikdagi harakatlarimiz Yevroosiyoda uzluksiz transport aloqasini ta’minlashiga aminmiz. Shu maqsadda YeIK mutaxassislari YeOII va ShHT o‘rtasidagi hamkorlik doirasida transport-logistika megaloyihasi konsepsiyasini ishlab chiqdi va taqdim etdi”, — dedi YeIK raisi.
YeOII va Xitoy hamkorligining yorqin namunasi sifatida YeIK raisi "Agroekspress" loyihasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tezkor yetkazib berish uchun mo‘ljallangan ushbu loyiha doirasida bir yilda Belarus va Rossiya viloyatlaridan Xitoy Xalq Respublikasiga 18,5 mingta konteyner jo‘natilgan.
Masnikovichning fikriga ko‘ra, YeOII va Xitoyning ilg‘or bilim va texnologiya egalari umumiy muammolarni hal etishda faolroq ish olib borishlari kerak. Ushbu masala "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini amalga oshirishda asosiy mavzulardan biriga aylanishi mumkin.
YeIK raisi, shuningdek, so‘nggi yillarda YeOII va Xitoy o‘rtasida o‘zaro savdo hajmi 2,8 baravar o‘sib, tarixiy rekord daraja — 220 milliard dollarga yetganini ham aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Pekinda bo‘lib o‘tgan "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusining uchinchi forumida so‘zga chiqan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Xitoy YeOII hamda "Bir makon, bir yo‘l" loyihalarini paralel va o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirishga kelishib olishganini ma’lum qilgan edi.
O‘z navbatida Si Szinpin ham "Xitoy “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini YeOII bilan bog‘lash uchun Rossiya va YeOIIning boshqa a’zolari bilan hamkorlik qilishga tayyor" deb ushbu g‘oyani tasdiqladi.
Pekinda 17-18 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusida 30 taga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, 120 davlatdan nufuzli delegatsiyalar ishtirok etdi.