Berlinda politsiya Falastin tarafdorlarini ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatdi – video

© AFP 2023 / John MacdougallBerlinda Falastin tarafdorlari
Berlinda Falastin tarafdorlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2023
Obuna bo‘lish
Yaqin Sharq va Yevropa davlatlari bo‘ylab Isroilga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Odamlar Falastinni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan namoyishlarga chiqishmoqda.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Berlinda politsiya Falastinni qo‘llab-quvvatlagan norozilik namoyishchilarini tarqatib yuborayotgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi.
Videolarda politsiyachilar namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va vodomot qo‘llaganini ko‘rish mumkin.
G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga 17-oktabr kuni hujum uyushtirildi. Falastin Isroil samolyotlari zarba berganini ma’lum qildi, Isroil esa kasalxonaga “Islom jihodi” guruhi raketasi kelib tushganini ma’lum qildi.
Buning ortidan norozilik namoyishlari Turkiyaning boshqa shaharlari va Yaqin Sharqdagi ko‘plab mamlakatlarda bo‘lib o‘tmoqda. Ular Falastinni qo‘llab-quvvatlab, o‘z birdamliklarini bildirishmoqda.
Kecha AQShda namoyishchilar Vashingtondagi Kapitoliy tepaligida Kongress ofisiga bostirib kirishdi.
Ular G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilgan. Miting ishtirokchilarini tarqatish uchun ofitserlar ularga ogohlantirish bergan. Bu talabga rioya qilinmaganidan keyin namoyishchilarni hibsga olish boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0