Benzin narxi oshadimi — "O‘zbekneftgaz" javobi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka, arxivnoe foto
Zapravka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2023
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan boshlab AI-80 benzin narxining oshishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonda AI-80 benzin narxlari eski belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" matbuot kotibi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 1-noyabrdan boshlab AI-80 benzin narxining oshishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

"O‘zbekneftgaz" bu xabarlarni asossiz deb biladi va jamiyatga tegishli AYoQShlarda narxlar eski belgilangan tartibda amalga oshirilishini ma’lum qiladi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi ma’lum qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0