https://oz.sputniknews.uz/20231019/baydenn-yaqin-sharq-40120917.html
Baydenning Yaqin Sharqdagi vositachiligi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Baydenning Yaqin Sharqdagi vositachiligi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Sputnik O‘zbekiston
18 oktabr kuni Oq uy rahbari Isroilga bir kunlik tashrif bilan keldi. Bayden Tel-Avivda mamlakatning harbiy-siyosiy rahbariyati, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi.Amerika yetakchi Isroildan keyin Ammon shahriga borishi va u yerda Iordaniya qiroli Abdulla II hamda Falastin prezidenti Mahmud Abbos va Misr yetakchisi Abdulfattoh as-Sisi bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan edi. Ammo G‘azo shahridagi al-Ahli kasalxonasiga zarba berilgandan keyin bu uchrashuv bekor qilindi.
2023-10-19T14:46+0500
2023-10-19T14:46+0500
2023-11-01T15:05+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
jo bayden
aqsh
isroil
falastin
isroil-falastin mojarosi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40119752_0:0:2772:1560_1920x0_80_0_0_ce2ed13c75049393f61498a60f402bb5.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilga tashrifini mojaro keskinlashining oldini olish uchun Yaqin Sharqda vositachilik qilishga urinish sifatida rejalashtirgan edi. “El País” gazetasi Bayden muvaffaqiyatsizlikka uchradi deb hisoblamoqda.Nashrning aniqlik kiritishicha, Amerika rahbari Isroilga tashrifdan natija bo‘lishiga umid qilgan. Bayden hozir barbod bo‘lish arafasida turgan Yaqin Sharqqa nisbatan o‘z siyosatini himoya qilishga ham uringan. Gazetaning yozishicha, AQSh prezidentining Isroilga bosim o‘tkazishga urinishi yoki uning arab yetakchilari bilan muloqotlari, aftidan, mintaqadagi keskinlikni susaytirmagan. BMT Xavfsizlik Kengashining o‘t ochishni bas qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga AQSh qo‘ygan veto vaziyatni yanada taranglashtirgan.Amerikaning Isroilni qo‘llab-quvvatlashi tez orada boshlanishi kutilayotgan to‘laqonli saylov kampaniyasi arafasida Bayden uchun qiyinchiliklar keltirib chiqarishi ham mumkin.18 oktabr kuni Oq uy rahbari Isroilga bir kunlik tashrif bilan keldi. Bayden Tel-Avivda mamlakatning harbiy-siyosiy rahbariyati, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi.Amerika yetakchi Isroildan keyin Ammon shahriga borishi va u yerda Iordaniya qiroli Abdulla II hamda Falastin prezidenti Mahmud Abbos va Misr yetakchisi Abdulfattoh as-Sisi bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan edi. Ammo G‘azo shahridagi al-Ahli kasalxonasiga zarba berilgandan keyin bu uchrashuv bekor qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20231018/istanbul-miting-40086686.html
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40119752_108:0:2572:1848_1920x0_80_0_0_9983d06df68378fc52017c4773980836.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jo bayden falastin isroil mojarosi yaqin sharq
jo bayden falastin isroil mojarosi yaqin sharq
Baydenning Yaqin Sharqdagi vositachiligi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
14:46 19.10.2023 (yangilandi: 15:05 01.11.2023) G‘azodagi kasalxonaga berilgan zarbadan keyin Amerika yetakchining Iordaniya, Falastin va Misr yetakchilari bilan uchrashuvi bekor qilindi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilga tashrifini mojaro keskinlashining oldini olish uchun Yaqin Sharqda vositachilik qilishga urinish sifatida rejalashtirgan edi.
“El País” gazetasi Bayden muvaffaqiyatsizlikka uchradi deb hisoblamoqda.
Nashrning aniqlik kiritishicha, Amerika rahbari Isroilga tashrifdan natija bo‘lishiga umid qilgan. Bayden hozir barbod bo‘lish arafasida turgan Yaqin Sharqqa nisbatan o‘z siyosatini himoya qilishga ham uringan. Gazetaning yozishicha, AQSh prezidentining Isroilga bosim o‘tkazishga urinishi yoki uning arab yetakchilari bilan muloqotlari, aftidan, mintaqadagi keskinlikni susaytirmagan. BMT Xavfsizlik Kengashining o‘t ochishni bas qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga AQSh qo‘ygan veto vaziyatni yanada taranglashtirgan.
Amerikaning Isroilni qo‘llab-quvvatlashi tez orada boshlanishi kutilayotgan to‘laqonli saylov kampaniyasi arafasida Bayden uchun qiyinchiliklar keltirib chiqarishi ham mumkin.
18 oktabr kuni Oq uy rahbari Isroilga bir kunlik tashrif bilan keldi. Bayden Tel-Avivda mamlakatning harbiy-siyosiy rahbariyati, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi.
Amerika yetakchi Isroildan keyin Ammon shahriga borishi va u yerda Iordaniya qiroli Abdulla II hamda Falastin prezidenti Mahmud Abbos va Misr yetakchisi Abdulfattoh as-Sisi bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan edi. Ammo G‘azo shahridagi al-Ahli kasalxonasiga zarba berilgandan keyin bu uchrashuv bekor qilindi.