Aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxonalarga gaz yetkazib beriladi — vazirlik

© SputnikToshkent viloyatidagi issiqxona
Toshkent viloyatidagi issiqxona  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2023
Obuna bo‘lish
Issiqxona xo‘jaliklari ehtiyoji uchun tabiiy gaz 3 ta talabga ko‘ra yetkazib beriladi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxonalarga gaz yetkazib beriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vaziri matbuot kotibi Dilshod Nazirov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi qator mutasaddi tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda tadbirkorlik subyekti vakillarini kuz-qish mavsumida qo‘llab-quvvatlash hamda muvofiqlashtirish masalalariga ko‘rib chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlarini boshladi. Bu borada dastlabki shartnomalar imzolangan va o‘zaro kelishuvga muvofiq, tadbirklorlar shartnoma shartlariga amal qilishlari belgilandi.

"Gaz yetkazib berish boshlangan. Issiqxona xo‘jaliklari ehtiyoji uchun tabiiy gaz 3 ta talabga ko‘ra yetkazib beriladi. Birinchidan, tabiiy gazdan debitor qarzdorligini so‘ndirish hamda gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshirish, ikkinchidan, issiqxonalarni tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi sertifikatsiyasidan o‘tgan elektron hisbolagichlar orqali ulangan bo‘lishi, uchinchidan, xo‘jalikda yetarli miqdorda muqobil yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi inobatga olinadi", — dedi Nazirov.

Qayd etilishicha, gazning tadbirkorlarga yetkazish tannarxi 1 kubi uchun 1.500 so‘mni tashkil qiladi. Tadbirkor raqamli o‘lchov hisoblagich, zahira yoqilg‘i hamda oldindan bo‘nak to‘lovini amalga oshirishi, uning issiqxonasida zangori olovning yonishiga zamin yaratadi.
Bu ishlarni muvofiqlashtirish uchun Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi qoshida 1342 raqamli Call-markazi ishga tushirildi. Agentlik issiqxona xo‘jaligi vakillariga maslahat-konsalting xizmatini ko‘rsatishi, urug‘lik hamda ko‘chatlarni yetkazib berish bo‘yicha ishlarni koordinatsiya qilib boradi.
Ma’lumot uchun, hozirda mamlakat aholisini sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida issiqxonalar maydoni so‘ngi 5-yilda 3 barobarga ko‘payib, 5,2 ming gektarga yetdi. Ularda yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi 90 ming tonnadan 300 ming tonnaga ko‘pagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili oktabr oyida tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha 586 ta issiqxona xo‘jaliklari bilan shartnoma tuzilgan.
Yangiliklar lentasi
0