Andijonda Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi bo‘lgan uch kishi qo‘lga olindi

© Pexels / Kindel MediaNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Obuna bo‘lish
Ular xorijda migrantlarni ish bilan ta’minlovchi xususiy bandlik firmasi orqali Turkiya davlatiga borib, keyin Suriyaga o‘tmoqchi bo‘lishgan.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilmoqchi bo‘lgan Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi uch fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, ular hozirda jangarilar safida bo‘lgan ayrim shaxslarning ta’siriga tushib qolishgan. Oila a’zolarining qarshiligiga qaramasdan, Suriyaga ketishmoqchi bo‘lishgan.
Fuqaro A.O‘. Telegram'da kanal va guruhlar ochgan va targ‘ibot ishlarini olib borgan. Keyinroq u mahalladoshi I.D. bilan til biriktirib, Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni reja qilishgan.
I.D. esa yaqin o‘rtog‘i G‘.L.ni ham o‘zlari bilan ketishga ko‘ndirgan.
Ta’kidlanishicha, ular boshqalarning e’tiborini tortmaslik maqsadida xorijda migrantlarni ish bilan ta’minlovchi xususiy bandlik firmasi orqali Turkiya davlatiga borib, keyin Suriyaga o‘tmoqchi bo‘lishgan.
Hozir mazkur 3 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yangiliklar lentasi
0