https://oz.sputniknews.uz/20231017/tadbirkorlar-hujjatlar-talab-qilish-bekor-qilinmoqda-40030955.html
Tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda — ular qaysilar?
Tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda — ular qaysilar?
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlardan 15 ta faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda.
2023-10-17T12:20+0500
2023-10-17T12:20+0500
2023-10-17T13:23+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tadbirkor
deputatlar
hujjatlar
bojxona boji
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22523583_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_24f963b1ccb2de4e075592fb893df036.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik.Tadbirkorlardan ayrim faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlisda ma’lum qilindi. Deputatlar ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.Qonun loyihasi bilan davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan jami 15 ta faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda.Ular ichiga diplom, litsenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar kiradi.Bundan tashqari, advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori BHMning ikki baravaridan bir baravariga kamaytirish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.Qonun loyihasining qabul qilinishi quyidagilar uchun huquqiy asoslar yaratadi:Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.Ayrim tadbirkorlarga kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladiTadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida ishlab chiqarish maydonlari qurib beriladiO‘zbekistondagi eng faol tadbirkorlar qaysi viloyatda
https://oz.sputniknews.uz/20230906/tadbirkorlar-huquq-sud-himoya-38612271.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22523583_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_d9b7aac07f42bc2e454d04704a739081.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tadbirkorlar hujjatlar talab oliy majlis qonunchilik palatasi
tadbirkorlar hujjatlar talab oliy majlis qonunchilik palatasi
Tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda — ular qaysilar?
12:20 17.10.2023 (yangilandi: 13:23 17.10.2023) Tadbirkorlardan 15 ta faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik.Tadbirkorlardan ayrim faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlisda ma’lum qilindi.
Deputatlar ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.
Qonun loyihasi bilan davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan jami 15 ta faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda.
Ular ichiga diplom, litsenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar kiradi.
“Shunga ko‘ra, 13 ta qonunga faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilmaslik bo‘yicha tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda”, — deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.
Bundan tashqari, advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori BHMning ikki baravaridan bir baravariga kamaytirish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi quyidagilar uchun huquqiy asoslar yaratadi:
davlat xizmatlari sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash;
turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
idoralarda fuqarolar haqidagi ma’lumotlar yagona identifikatorlar asosida saqlash.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.