Tadbirkorlarga o‘z huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudda himoya qilish imkoniyati berilishi mumkin

© iStock.com / Utah778Sud
Sud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi cheklovlar olib tashlanmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Tadbirkorlik subyektlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi cheklovlar olib tashlanmoqda. Bu haqda Adliya vazirining o‘rinbosari Alisher Karimov ma’lum qildi.
Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga oid ishlab chiqilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.
Qonun bilan amaldagi 4 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
Soliq kodeksi;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi;
“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi.
Mazkur hujjatlar tadbirkorlik subyektlari o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatini cheklovchi normalarni bekor qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdagi ayrim majburiy talablarni qisqartirishga qaratilgan.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Soliq kodeksida soliq to‘lovchilar sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilingandan (shikoyat ko‘rib chiqilganidan) keyin sudga murojaat qilish mumkin.
Endilikda tadbirkorlik subyektlari o‘z huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sud orqali himoya qilishi yoki ma’qul deb hisoblasa, yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilishi mumkin bo‘ladi.
© Ministerstvo yustitsii respubliki UzbekistanAlisher Karimov
Alisher Karimov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Alisher Karimov
“Bunda yuqori turuvchi soliq organlariga shikoyat qilish imkoniyati saqlanib qolinadi. Soliq to‘lovchilarning soliq organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlari yuqori turuvchi soliq organlari tomonidan Soliq kodeksida belgilangan tartibda, sudlar tomonidan esa Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi”, - dedi Alisher Karimov.

Qolgan hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish majburiyatlarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.
Ushbu o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida yuridik shaxslarning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirishdagi burokratik tartiblar bekor qilinishiga hamda tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha xarajatlarning oldi olinishiga erishiladi.
“Ushbu norma bugungi kunda amalda ishlamasdan kelmoqda hamda tadbirkorlarning ortiqcha xarajatiga sabab bo‘lib, burokratik talabga aylangan”, - dedi Karimov.
Ushbu faktni quyidagilar bilan asoslash mumkin:
birinchidan, biror-bir davlat organida yuridik shaxslarning kreditorlari haqida ma’lumot mavjud emas;
ikkinchidan, yuridik shaxsning ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganida tadbirkorlar o‘zlarining kreditorlari haqidagi ma’lumotlarni mas’ul organga taqdim etmaydi;
uchinchidan, ustav fondi kamaytirilganida kreditorlarni xabardor qilmaslik yoki ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon bermaslik uchun hech qanday ta’sir choralari mavjud emas;
to‘rtinchidan, amaliyotda yuridik shaxslar respublikaning eng chekka hududlarida chiqadigan yoki eng arzon bo‘lgan gazetalarda ustav fondi kamaytirilganligi haqida axborot bermoqda.
beshinchidan, yuridik shaxslarning kreditorlari bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishilganda ustav fondi (kapitali) yoki uning miqdori ahamiyat kasb etmaydi;
oltinchidan, amaldagi qonunchilikka ko‘ra yuridik shaxsning ustav fondi (kapitali) uning majburiyatlarni bajarishda depozit yoki kafolat sifatida qaralmaydi, shuningdek qonunchilikda yuridik shaxsning ustav fondi (kapitali)dan faoliyati davomida foydalanishiga cheklov o‘rnatilmagan.
Yangiliklar lentasi
0