YuNVTO Bosh Assambleyasi: Mirziyoyev qanday takliflarni bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSeremoniya otkritiya 25-y sessii Generalnoy Assamblei Vsemirnoy turistskoy organizatsii v gorode Samarkande.
Seremoniya otkritiya 25-y sessii Generalnoy Assamblei Vsemirnoy turistskoy organizatsii v gorode Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti, jumladan, BMT doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasida nutq so‘zlab, qator takliflarni bildirdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston yetakchisi bildirgan takliflar:
BMT doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish;
“yashil” turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish;
YuNVTOning “yashil” turizmni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi shahar” nominatsiyasini ta’sis etish;
tashkilot doirasida 2025-yilni “Butun jahon inklyuziv turizm yili” deb e’lon qilish va maxsus deklaratsiya qabul qilish;
tashkilot huzurida Sayyohlik bo‘yicha tarixiy shaharlar kengashini tuzish;
“Ipak yo‘li” brendini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun tashkilotning maxsus xalqaro mukofotini ta’sis etish;
yetakchi ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va eng yaxshi sayohat blogerlarini o‘zida birlashtiradigan Global media kampusinini tashkil etish.
Siz, azizlar, Samarqandni “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” deb e’lon qilish va tegishli deklaratsiyani qabul qilishga doir tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaysiz, deb ishonaman. Bu yuksak maqom asrlar bo‘yi o‘z tarovati va beqiyos merosini bezavol saqlab kelayotgan, bag‘rikengligi va mehmondo‘stligi bilan butun dunyoda shuhrat qozongan Samarqandning mo‘’tabar nomiga har tomonlama munosib bo‘lar edi”, - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari Samarqanddagi Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida qabul qilinadigan hujjatlar va kelishuvlar global turizm industriyasining jadal rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Bosh Assambleya sessiyasi doirasida o‘tkaziladigan investitsiya va ta’lim forumlari jahonning barcha turoperatorlari, oliygohlar va yirik kompaniyalarning o‘zaro muloqoti uchun samarali maydon bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev va Zuraba Pololikashvili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
O‘zbekiston va YuNVTO “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi
Yangiliklar lentasi
0