https://oz.sputniknews.uz/20231016/ozbekiston-yunvto-40004391.html
O‘zbekiston va YuNVTO “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi
O‘zbekiston va YuNVTO “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida YuNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuvida ma’lum qilindi. Pololikashvili Samarqandda YuNVTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish doirasida bo‘lib turibdi.
2023-10-16T16:25+0500
2023-10-16T16:25+0500
2023-10-16T16:25+0500
turizm
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
butunjahon turizm tashkiloti (yunvto)
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/40004808_0:80:1192:751_1920x0_80_0_0_9508dadd14506ed25e05fee69d2c4933.jpg
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida YuNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.Pololikashvili Samarqandda YuNVTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish doirasida bo‘lib turibdi.Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha BMTning ixtisoslashtirilgan instituti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Turizm tarmog‘ini isloh qilishda O‘zbekistonning strategik hamkoriga aylangan YuNVTO bilan hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.YuNVTO bosh kotibi Mirziyoyevga turizm sohasining joriy yilgi bosh xalqaro tadbiri yuksak saviyada tayyorlanishi va tashkil etilishiga ko‘rsatilgan ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.Forumda dunyoning 140 dan ortiq mamlakatidan yuqori darajali delegatsiyalar ishtirok etayotgani global va mintaqaviy turizm markazlaridan biri sifatida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi.Bosh Assambleya doirasida turizm sohasidagi yetakchi kompaniyalar, oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar ishtirokida investitsiya va ta’lim forumlari ham bo‘lib o‘tadi. Ular yakunida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish yuzasidani aniq shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.Uchrashuv yakunida yubiley sessiyaning asosiy yakunlarini amalga oshirish uchun qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20231016/samarqandda-unwto-bosh-assambleyasining-yubiley-sessiyasi-oz-ishini-boshlaydi-39993596.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/40004808_66:30:1115:817_1920x0_80_0_0_8c7d719d7d4855e3ca4fa9faf315c6bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va butunjahon turizm tashkiloti (yunvto)
o‘zbekiston va butunjahon turizm tashkiloti (yunvto)
O‘zbekiston va YuNVTO “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi
Mirziyoyev Samarqandda YuNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida YuNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Pololikashvili Samarqandda YuNVTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish doirasida bo‘lib turibdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha BMTning ixtisoslashtirilgan instituti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Turizm tarmog‘ini isloh qilishda O‘zbekistonning strategik hamkoriga aylangan YuNVTO bilan hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
“Mamlakatimizda YuNVTO Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasi o‘tkazilishi, uning doirasida Samarqand shahrida Xalqaro turizm akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisining ochilishi hamkorlikning muhim amaliy natijalari bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
YuNVTO bosh kotibi Mirziyoyevga turizm sohasining joriy yilgi bosh xalqaro tadbiri yuksak saviyada tayyorlanishi va tashkil etilishiga ko‘rsatilgan ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Forumda dunyoning 140 dan ortiq mamlakatidan yuqori darajali delegatsiyalar ishtirok etayotgani global va mintaqaviy turizm markazlaridan biri sifatida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi.
Bosh Assambleya doirasida turizm sohasidagi yetakchi kompaniyalar, oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar ishtirokida investitsiya va ta’lim forumlari ham bo‘lib o‘tadi. Ular yakunida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish yuzasidani aniq shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Uchrashuv yakunida yubiley sessiyaning asosiy yakunlarini amalga oshirish uchun qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.